GEOGRAFIYA TA'LIMIDA QO'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI
Reja:
1. Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha.
2. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi.
3. Metodlarga qo`yilgan talablar.
4. I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin klassifikatsiyasi.
5. O`zbek metodist olimlarning o`qitish metodlari klassifikatsiyasi.
Ta’lim jarayonida o`quvchilar muayyan bilimlar ko`nikma va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod deganda, o`qituvchi rahbarligida turli metodlar vositasida o`quvchilarni bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantirish hamda ularning dunyoqarashini shakllantirish tushuniladi.
O`quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli metodlar bilan o`zlashtiriladi. Shu sababli har doim o`qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o`qitish va o`qishga yordam beradigan yo`llarni egallash muammosi turadi. O`quv materiallarini o`rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi.
Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo`yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo`q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim metodi deganda o`qituvchi va o`quvchining ta’lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo`yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Metod o`qituvchi va o`quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday kechishligini, o`qituvchilar qay darajada tushuntirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning alohida detallari usul deyiladi.
Masalan: yangi bilimni o`zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo`lishi mumkin. Metod va usul o`rtasida doimo aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o`zlashtirish, o`quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim metodlariga bog`liq.
Ta’lim metodlari-o`qituvchi tomonidan o`quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish metodlari bo`lib, o`quv materialini nazariy va amaliy o`zlashtirish shaklidir.
Ta’lim metodlari o`quvchilarga bilim berish, ko`nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari deyilganda, o`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shaklantiradigan, bilimlarini mustaqil o`zlashtirishga o`rgatadigan, to`laroq ilmiy bilimga asoslangan to`g`ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan metodlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |