Geografiya ta'limida qo'llaniladigan metodlar tasnifi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1257144
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI



20.61-guruh talabasi: 
Botirova Dilshunos


GEOGRAFIYA TA'LIMIDA QO'LLANILADIGAN METODLAR 
TASNIFI 
 
 
 
 
 
Reja: 
 
1. Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha. 
2. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi. 
3. Metodlarga qo`yilgan talablar. 
4. I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin klassifikatsiyasi. 
5. O`zbek metodist olimlarning o`qitish metodlari klassifikatsiyasi. 



Ta’lim jarayonida o`quvchilar muayyan bilimlar ko`nikma va 
malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod deganda, o`qituvchi 
rahbarligida turli metodlar vositasida o`quvchilarni bilim, ko`nikma, 
malakalar bilan qurollantirish hamda ularning dunyoqarashini 
shakllantirish tushuniladi. 
O`quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va 
turli metodlar bilan o`zlashtiriladi. Shu sababli har doim o`qituvchi 
oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o`qitish va o`qishga yordam 
beradigan yo`llarni egallash muammosi turadi. O`quv materiallarini 
o`rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini 
anglab olishdan boshlanadi. 
Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo`yicha aniq bir 
qoidani hali yaratganicha yo`q. Bu masala borasida turli ta’rif va 
qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim metodi deganda o`qituvchi va 
o`quvchining ta’lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda 
ular qo`yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Metod 
o`qituvchi va o`quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday kechishligini, 
o`qituvchilar qay darajada tushuntirishi kerakligi bilan belgilanadi. 
Metodning alohida detallari usul deyiladi. 
Masalan: yangi bilimni o`zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga 
misol bo`lishi mumkin. Metod va usul o`rtasida doimo aloqa mavjud. 
Geografiya asoslarini puxta o`zlashtirish, o`quvchining bilim olish 
qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum 
darajada ta’lim metodlariga bog`liq. 


Ta’lim metodlari-o`qituvchi tomonidan o`quvchilar faoliyatini 
belgilaydigan ish metodlari bo`lib, o`quv materialini nazariy va amaliy 
o`zlashtirish shaklidir. 
Ta’lim metodlari o`quvchilarga bilim berish, ko`nikma va malakalarni 
egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari deyilganda
o`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shaklantiradigan, bilimlarini
mustaqil o`zlashtirishga o`rgatadigan, to`laroq ilmiy bilimga asoslangan
to`g`ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan metodlar tushuniladi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling