Geografiya ta'limida qo'llaniladigan metodlar tasnifi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1257144
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI

To`rtinchi talab. ta’lim metodining samaradorligi, uning o`quv 
materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir. 
Beshinchi talab. O`z ish faoliyatida ilg`or tajribalarni qo`llash va 
uni muntazam o`rganish. Nazariya va amaliyotda ta’lim metodlari bilan 
bog`liq yangiliklarni doimo o`rganib borish lozim. Geografiya o`qitish 
metodlari haqida so`z borar ekan, “metod”, “usul” degan so`zlar yonma-
yon uchraydi. Metod usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil 
ma’noda yuritilib kelinadi. Masalan, kartalarni solishtirish - taqqoslash 
metodi deb yuritiladi. Bu noto`g`ri. Chunki, kartalarni solishtirish metod 
emas, u solishtirish usulidir, xolos. O`zbek tilidagi mavjud 
qo`llanmalarda taqqolash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb 
ishlatiladi. Bu chalkashliklardir. Taqqoslash-o`rganilayotgan geografik 


ob’yektni ilgari o`rganilgan ob’yekt bilan taqqoslash tufayli o`ziga xos 
xususiyatlarini ochib beradi. Masalan: Janubiy Amerika cho`lini Osiyo 
cho`li bilan, Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o`ziga xos 
xususiyatlari ochib beriladi. 
Taqqoslash og`zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish 
kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’yektga xos 
bo`lgan ob’yekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. 
Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. 
Solishtirish- kartografik qo`llanmalar bilan ishlash metodining bir 
usulidir. Metod-usullar yig`indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy 
qismidir. Geografiyaga xos bo`lgan karta bilan ishlash metodi bir necha 
usullarni o`z ichiga oladi. Masalan: a) karta bo`ylab sayohat; b) yozuvsiz 
kartaga geografik ob’yektlarni tushirish; v) kartalarni solishtirish va x.k. 
Ba’zi usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. 
Taniqli metodist M.K.Kovalevskaya ta’lim vositalarini (darslik karta 
bilan ishlash), bilimning og`zaki bayon shakllari (hikoya suhbat, 
tushuntirish, ma’ruza) ni bilish metodlari (taqqoslash, kartalarni 
qiyoslash, umumiy xulosalar chiqarish)ni o`quvchilarning o`quv 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling