Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har
qanday metodi o`quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo`lsa,
shunchalik ravshan
va aniq bo`ladi. Eng muhimi shundaki, biror
metod yordamida qanday
umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumkinligini, u qanday mazmunga
mos kelishini, faoliyatning qanday turlarini
talab qilishni va ularni
qanday tashkil etish lozimligini ko`ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi
geografik
voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to`g`ri anglashni
ta’minlaydi va o`quvchilarni to`g`ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
Uchinchi talab: Metodning ommabopligi. Bunda o`quvchilar
rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.
Demak, o`quvchi metod tanlaganida o`quvchiga nimalarni tushuntirish
kerakligi
haqida emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham
o`ylashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: