1. Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi. Metodlarga qo`yilgan talablar
Download 66 Kb.
|
GEOGRAFIYA FANIDA O‘QITISH METODLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Bilim olishni asosiy manbalariga ko`ra
- I. YA. Lerner, M.N.Skatkin
- Yangi bilim olish metodlari ” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash metodlari
Suhbat. Karta bilan ishlash metodlarida ham ishtirok etish mumkin. Demak,metod bilan usul o`rtasida uzviy bog`lanish bor.
Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o`qituvchiga o`quvchilarning o`quv materialini egallash shakllaridagi o`xshash va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda hamda o`z o`qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. Ta’lim metodlari muayyan belgilariga ko`ra guruhlarga ajratiladi. Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi tasnif keng tarqalgan: I.Bilim olishni asosiy manbalariga ko`ra: 1. Og`zaki bayon (hikoya, tushuntirish, ma’ruza) 2. Suhbat 3. Kartografik qo`llanmalar bilan ishlash. 4. Ko`rsatmali qo`llanmalar bilan ishlash. 5. Kuzatish va tajribalar. 6. Raqamli materiallar bilan ishlash. 7. Darslik va qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash. 8. Amaliy metodlar. II. Didaktik maqsadlarga ko`ra: 1. Yangi materiallarni o`rganish. 2. Bilimlarni mustahkamlash. 3. Bilim ko`nikma, malakalarni tekshirish metodlari. III.Xulosa chiqarish faoliyatiga ko`ra: 1. Analitik. 2. Sintetik. 3. Induktiv. 4. Deduktiv metodlar Fikrlash faoliyati va bilm olish faolligi xususiyati bo`yicha I. YA. Lerner, M.N.Skatkin bo`yicha metodlar tasnifi quyidagicha: 1. Izohli ko`rgazmali metod. 2. Reproduktiv yoki olingan blimlarni qayta tiklash metodi. 3. Muammoli bayon. 4. Qisman izlanuvchi metod. 5. Tadqiqot metodi. S.G.Shapovalenko didaktiv metodlarni 3 ta guruhga ajratgan. 1. Og`zaki metodlar. 2. Ko`rgazmali metodlar. 3. Amaliy metodlar. Yuqoridagi barcha metodlarni shartli ravishda ikki: “Yangi bilim olish metodlari” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash metodlari” ga ajratish ham mumkin. Har bir ta’lim metodi bir-biri bilan bog`liq bo`lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan birlashib turadi. Ko`pchilik pedagoglar ta’limda faol va sust metodlarni ham ajratadilar. Bu unchalik to`g`ri yo`l emas. Chunki barcha metodlar ham o`rnida to`g`ri qo`llanilsa, o`quvchilar faoliyatini faollashtirishi mumkin. O`quvchilarning bilish faoliyati ko`pgina omillarga, xususan, o`quv materialining murakkablik, nazariy bilimlar hajmi, sinfning darajasi, o`quvchilarning mustaqil ishlarini qay darajada bajara olish qobiliyati va boshqalarga bog`liq. Har bir metod ijobiy va salbiy tomonlarga ega. M:hikoya va ma’ruza metodlarini qo`llash shu paytda yaxshi natija beradiki, qachonki o`quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo`lsa. Yoki muammoli hamda tadqiqot metodlarini qo`llash, uni uyushtirish uchun ko`p vaqt, o`qituvchilardan esa kuchli bilim talab etadi. Biror metodni tanlagan paytda albatta o`quvchilarning bilish qobiliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan ta’minlanganligi e’tiborga olinishi kerak. Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir.Bir yoki bir necha metodni afzal ko`rish yoki bilish qiyin. Bunga har tomonlama yondashish zarur. Ta’limdagi muvaffaqiyatni ta’lim metodlari tizimi ta’minlaydi. Metodlarning har biri o`ziga xos afzalliklarga ega. U yoki bu tushunchani o`quvchi ongida shakllantirishda har bir metodning o`ziga xos o`rni bor. Ta’lim metodlarida o`qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, ruhiy pedagogik , uslubiy va maxsus ilmiy tayyorgarligi aks etgan bo`ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlari samaradorligini belgilaydi. Muayyan metodga yaxshi tayyorgarlik ko`rmagan o`qituvchida shu metodning o`zi salbiy jihatlarini ham namoyon qilishi mumkin, shu sababli ta’lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o`qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Metodlarni noto`g`ri tanlash o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini sust egallashga sabab bo`ladi. Demak ta’limda universal metod yo`q. Shu tufayli ham o`qituvchi faqat bitta metoddan foydalanib dars o`tmaydi. Bunday bo`lishi mumkin emas. Geografiya ta’limining eng muhim xususiyati shundan iboratki, o`qituvchi aksariyat darslarni o`tishda og`zaki bayon metodlarini qo`llaydi va samarali natijalarga erishadi . Geografiya ta’limida kartalarni rasmlarni tanlashda izchillikning bo`lmasligi ham bilimlarni sustlashtiradi. Masalan VII-sinfda “Afrika tabiat zonalari” mavzusida o`quvchilar ekvatorial o`rmon, savanna sahro kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o`qituvchi o`quvchilarda yuqoridagi tabiat komplekslarining tasvirini o`quvchilar ko`z o`ngida gavdalantirish, so`ngra esa uni kartadagi o`rni bilan bo`lsa, hududiy komplekslar turli-tumanligi haqida o`quvchilar zarur bilimga ega bo`ladilar. Quyidagi geografik bilim manbalariga ko`ra o`qituvchi va o`quvchi faoliyati asosida eng ko`p qo`llaniladigan geografiya ta’limi metodlarini ko`rib chiqamiz .
Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling