1. Gidroenergetika zaxiralari. Dengiz suvining ko’tarilish va pasayishidan hosil bo’ladigan energiya zaxiralari


Download 0.7 Mb.
bet2/3
Sana14.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1195972
1   2   3
Bog'liq
Gidroenergetika zaxiralari. Dengiz suvining ko’tarilish va pasayishidan hosil bo’ladigan energiya zaxiralari hamda boshqa energiya zaxiralari

G eotermal energiya zaxiralari
Er yuzasi quyosh singari issiqlik energiyasini nurlantiradi. Bu energiya geotermal energiya deb atalib, u odamlarni issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-muhitni ifloslantirmaydi, ya’ni ekologik toza hisoblanadi.
Geotermal energiya erda yonuvchi gazlar va kosmik changlar aralashish jarayoni natijasida 4 milliard yil avval paydo bo’lgan. Er yadrosining 6,5 ming kilometr atrofidagi chuqurligida temperatura 5000 gradusgacha ko’tarilishi mumkin.
Qadimda odamlar er ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiq suv manbalaridan davolash maqsadida foydalanganlar. Vaqt o’tishi bilan bu shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadda ham foydalana boshlagan. Qadimgi rimliklar Pompey shahrida geotermal suv yordamida o’z binolarini isitish tizimini yaratgan. Amerikalik hindular esa deyarli 10000 yil avval issiq suv manbalaridan ovqat pishirish uchun foydalanganlar.
Er ostidagi issiq suv, issiq havo yoki bug’ energiyalaridan, hozirgi texnologiyalar bilan elektr energiyasi ishlab chiqarish va xonani isitish uchun foydalanish mumkin.
Yer osti geotermal - issiq suvlaridan issiqlik energiyasining manbai sifatida foydalanish atrof – muhitni toza bo’lishida juda katta ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq hududida 50 dan ortiq er osti suv havzalari topilgan edi.
Topilgan har bir er osti issiqlik manbalari har kuni kamida 15 mln m3 issiqlik bug’i va suv olish mumkin. Bu esa bir yilda olinadigan 100-150 mln. t ko’mir demakdir. Uning 3 km chuqurligidan 8*1017 kdj geometral energiya olish mumkin.
Yer osti issiqlik suvlari hisobida birinchi elektrostansiya asrimizning boshida Italiyaning Toskana Provinsiyasida, keyinchalik esa Yangi Zellandiya, AQSh, Yaponiyada qurilgan.
Dunyo bo’yicha 100 dan ortiq geotermal elektrostansiyalar bor. Ularning umumiy kuchi 3 mln.kvt ga teng. Qurilgan bu turdagi elektr stansiyalar tabiiy qulay erlarda joylashgan, ya’ni erdan issiq suv o’zi oqib chiqadi. Undan tashqari erdan chiqadigan ko’pchilik issiq suvlar sho’r turli tuzlarga boy. Qazib chiqarilgan suv tejamkorlik bilan ishlatilmasa, atrof-muhitni, ayniqsa, tuproqni sho’rlab, atrofdagi ko’kalamzor erlarni turli foydali o’simlik va hayvonlarni yo’qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling