1. Giyohvandlikning asr vabosi Alkogolizm, alkogol psixozlar


Download 99 Kb.
bet9/10
Sana31.01.2023
Hajmi99 Kb.
#1143060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
giyohvandlik, chekish, taksikomaniya va alkogolizmning salbiy oqibatlari.

Davosi. Kasallik 3 bosqichda davolanadi. 1. Organizmdagi zaharli toksinlarni suyuqliklar quyish natijasida chiqarib yuborish, organizmni umuman mustahkamlash va tetiklashtirish, giyohvand moddalar qabul qilishni to`xtatish.
2. Giyohvand moddalarga qarshi qaratilgan usullar. 3. Xumor holatini to`xtatib turuvchi davolash usullari. Xumor holatlarida tinchlantiruvchi dorilardan pirroksan buyuriladi, bu uyqusizlik va giyohvand moddalarga bo`lgan intilishni kamaytiradi. Dori 5–7 kun davomida beriladi. Xavotirlanish, xavfsirash, qo`rqish, uyqusizlikda hamda vegetativ o`zgarishlarda elenium, seduksen, sibazon, relanium, rudotel qo`llaniladi. Depressiyada tazepam, nozepam, frenalon, galoperidol; giyohvand xumor holatida sulfazin 5,0–10,0 ml 2–4 kun davomida kuniga 1 marta berish kerak. Davo kursini 5–6 marta takrorlash kerak. Pirogenal 250–1000 mpd kunora, 30 % li tiosulfat natriy 5–10,0 ml, magneziy sulfat, unitiol, vitaminlar;
astenik holatlarda kalsiy glitserofosfat 0,2 g, fitin 0,25 g 3 mahal ichish uchun beriladi. Bezovtalik, uyqusizlikda tizersin, dimedrol, pipolfen hamda 2,5 % li 1,0–3,0 ml aminazin 5–7 kungacha har kuni beriladi. Bundan tashqari, elektruyqu, psixoterapiya, oyoqlarni iliq suvda ushlab turish yaxshi natija beradi.
Tamaki chekish (kashandalik). Eng ko`p uchraydigan hamda butun dunyo bo`yicha keng tarqalgan, ko`pgina xalqlarning kundalik turmushiga singib ketgan zararli odatdir. Chekish erkaklar va ayollar orasida hamda hozirgi davrda yoshlar va bolalarda ko`proq uchramoqda. Chekishning xotin-qizlar orasida odat bo`lishi bu aholi o`rtasida har xil nasl va irsiy kasalliklarning ko`payishiga olib kelmoqda. Tamaki chekkanda organizmga o`tadigan zahar bu nikotindir. Chekish vaqtida organizm nikotinga asta-sekin o`rganib boradi va kashandalarda o`tkir
zaharlanish hollari yuz bermaydi. Nikotin eng avval asab tizimiga ta`sir qiladi. Chekishga birinchi marta uringan kishilarda chekkan vaqtida birdan ko`ngil aynish, qusish, bosh aylanish, bosh og`riq, quloq shang`illashi, yurakning tez urishi, badanni sovuq ter bosish, teri rangining oqarib ketishi, uxlab qolish hamda holsizlanish belgilari namoyon bo`ladi.
Tamakini chekib yurgan kishilarning nafas a`zolari, yurak-qon tomir tizimida, oshqozon-ichak yo`llarida bir qancha kasalliklar paydo bo`ladi. Chekish kasalliklarni og`irlashtiradi, uning sog`ayishni esa kechiktiradi. Chekish ateroskleroz, yurak sanchig`i, infarkt miokardning avj olishiga olib keladi. Yurak ishemik kasalliklarining boshlanishida muhim ahamiyatga ega. Kislorod kelib turishi va uning gemoglobin bilan birikishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun to`qimalarga kislorod o`tishi kamayadi. Surunkali bronxit kasalligining ko`payishiga olib keladi. Chekadigan kishilarda oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi kasalligi, chekmaydiganlarga nisbatan ikki baravar ko`p uchraydi.
Chekish kislota-ishqor muvozanatini buzadi va natijada oshqozonning kislotali muhiti ko`payib yara paydo bo`lishiga olib keladi. Ayollar homiladorlik davrida cheksa, nikotin homilaning rivojlanishiga ta`sir qilib, homilaning erta tushishi, o`lik tug`ilishi va homila rivojlanmay, mayib-majruh tug`ilishiga olib keladi. Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining ma`lumotlariga qaraganda,
chekish odat bo`lgan mamlakatlarda, saraton kasalligi ko`p uchrab, o`lim hollari tobora ko`paymoqda. Chekadigan kishilar yon atrofdagi odamlarga ham zararli ta`sir ko`rsatadi. Tamaki tutuni ta`siridan yurak sanchig`i boshlanib qolishi yoki astmasi bor bemorlarning nafasi qisilib qolishi mumkin.
Davosi quyidagilardan iborat:
– nikotin abstinentini bartaraf etish va tamaki hidiga salbiy reaksiya hosil qilish;
– qo`lga kiritilgan natijalarni mustahkamlash va quvvatlab boruvchi dorilarni davom ettirish. Chekish to`xtatib qo`yilganda abstinensiya belgilari: odamning aqliy va jismoniy ish qobiliyatining kamayishi, lanjlik, xafachilik, uyquning buzilishi, tajanglik, bosh og`riq, quloq shang`illash holatlari kuzatiladi. Chekuvchilarda bu holatlar chekkan vaqtda o`tib ketadi.
Chekishni tashlayotgan kishilarga dorilar bilan psixoterapiya, refleksoterapiya,
fizioterapiya usullari birgalikda qo`llaniladi. Dorilardan tabeks, lobesil, pilokarpin beriladi, bu dorilar nikotin xumorini kamaytiradi. Tamakiga bo`lgan maylni bosish uchun seduksen, tazepam, fenazepam, etaperazin, neuleptil, teralen buyuriladi. Bular bilan birga, neyroleptiklar berish yaxshi samara beradi. Lanjlik holatlarida esa vitaminlar tavsiya etiladi.
Toksikomaniya
1.Toksikomaniya kasalligiga asosan o`smir yoshidagi bolalar ko`proq beriladi. Shuning uchun kundalik tarbiyaviy ishlar jarayonida o`smirlarga toksikomaniya kasalligi, uni yuzaga keltiruvchi sabablar haqida tushuncha berish zarur. Bu ish ota-ona va o`qituvchilar tomonidan bajarilishi lozim.
2. Bolalar va o`smirlarga toksikomaniya kasalligini yuzaga keltiruvchi kimyoviy moddalar (benzin, kerosin, solyarka) kiyim va matolarning dog`larini ketkizadigan kimyoviy aralashmalar, bo`yoqlar, laklar, alif, «moment» kleyi, efir, uxlatuvchi, tinchlantiruvchi, qo`zg`atuvchi dorilar (lyuminal, veronal, amitalnatriy, kofein va boshqalar)ga o`zini yaqin tutmaslikni, qo`llash zarur bo`lganda ulardan uzoq muddat qayta-qayta fondalanmaslik haqida tushuntirish kerak.
3.Bolalar va o`smirlarning kimyoviy moddaga o`rganib qolishiga tajribali toksikomanlar sababchi bo`ladi.Ular o`zlari qo`llaydigan kimyoviy moddani hidlaganda yoki iste‘mol qilganida kayfiyatining yaxshi bo`lishi haqida maqtanib gapiradilar va bu moddani qabul qilishni tavsiya etadilar, o`zlari qo`llaydigan kimyoviy moddadan bepul muruvvat qiladilar. Mazkur moddani 3-4 marta hidlagan yoki iete‘mo1 qilgan o`smir uning ta‘siriga o`rganib qoladi.Shuning uchun bolalar va o`smirlarga kimyoviy moddalarni hidlaydigan, iste‘mol qiladigan odamlarga yaqinlashmaslik, ularning maslahatiga e‘tibor bermaslik haqida tushuntirish lozim.
Ko`pchilik odamlar narkotik deganda faqat ko`knori, nasha, qora dori, geroin va boshqalarni tushunadilar. Nos va tamaki ham narkotik sifatida ta‘sir qilib, odamni giyohvand qilib qo`yishini aksariyat kashandalar hayoliga keltirmaydilar. Shuning uchun bo`lsa kerak, yordam beradi.
1. Giyohvandlik yo`liga kirgan o’smirning xulq-atvori birdaniga o`zgaradi. O’qishdan ko`ngli soviydi, sababsiz dars qoldiradi, o`zlashtirishi yomonlashadi, dars paytida uxlab o`tiradi, muomalasi qo`pollashadi.
2. Ishlaydigan o`smir yoki yigit giyohvandlikka duchor bo`lsa, uning ishga qiziqishi yo`qoladi, ish qobiliyati pasaya boshlaydi, ishda xatolarga yo`l qo`yadi, sababsiz ishga kelmaydi yoki kechikib keladi, vaqtidan oldin ketadi:
3. Giyohvand cho`ntagida xaltachaga solingan ko`knor (opium) urug`i va barglari selofan xaltaga solingan qoradori, ampulada dori, shprits va ignalar, tabletkalar bo`ladi.
4. Giyohvand o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarash qobiliyatini yo`qotadi. Uning kiyimlari g`ijim, kir, yirtiq, soch va soqoli o`sgan, umuman tashqi qiyofasi ko`rimsiz holatda bo`ladi.
5. Aksariyat giyohvandlarning tashqi qiyofasida yoshiga nisbatan erta qarish belgilari paydo bo`ladi: terisi quruqlashgan, yuzida tirishlar, sochi rangsizlanadi, erta oqaradi va to`kiladi, tirnoqlari sinuvchan bo`lib qoladi.Terisi oqimtir sarg`ich, qovoqlari shishgan, terisida tez-tez yiringli donachalar paydo bo`ladi.
6. Narkotikni in`yeksiya qilish orqali qabul qiladigan giyohvandlarning bilak, bo`yin, oyoqning shiq sohasidagi vena tomirlari bo`ylab terisida igna sanchilgan o`rni bo`ladi.
7. Giyohvandda ijtimoiy faollik umuman yo`qoladi.U hech narsaga qiziqmaydi.Ota-ona, aka-uka, oila, farzand muammolari uniig hayoliga kelmaydi. Uning asosiy intilishi pul topib narkotik sotib olish, uni o`z vaqtida qabul qilishdan iborat bo`ladi. Narkotik sotib olish uchun har kuni pul topish kerak. Pulni esa ishlab topa olmaydi. Shu sababli o`g`irlik, tovlamachilik qiladi. U obro`, sharm-hayo, uyalish. vijdon kabi umuminsoniy qadriyatlarni butunlay unutadi.
8. Giyohvandlar guruhi odamlar ko`zi tushmaydigan xilvat joylarda to`planib kayf qilishadi, chol-devorlarda, qurilib bitmagan binolarda, ko`p qavatli uylarning yerto`lasida, daraxtlar panasida va hakozo.Giyohvandlar guruhi to`plangan joyni chetdan turib kuzatganda vaqti-vaqti bilan kulgi, xursandchilik shovqini, urushish, so`kinish shovqinlari o`rni almashib turadi.
Barcha mamlakatlarda giyohvandlarni davolash uchun maxsus narkologik shifoxonalar yoki markazlar tashkil etilgan.
AQSH, Isroil, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning har birida o`ziga xos davolash uslubi qo`llanadi. Masalan, AQSHda giyohvand bemorga u o`rgangan narkotik miqdorini asta-sekin kamaytirib davolash uslubi qo`llanadi.
Isroilning narkologik shifoxonalarida giyohvandni davolashda narkotik miqdorini kamaytirish bilan birgalikda uni mehnatga jalb etish uslubi qo`llanadi.
Tibetda budparast rohib (monax)lar bemorga tog`da o`sadigan ayrim o`tlardan damlama tayyorlab ichiradilar va bambuk daraxtidan tayyorlangan qamchi bilan maxsus usulda savalaydilar.
Ukrainada giyohvandlarni davolash uchun «ijtimoiy davolash markazi» tashkil etilgan. Mazkur markazda davolash jarayonida giyohvandga narkotik berilmaydi. Unda abstinensiya (xumor) holati yuzaga kelishi bilanoq bemor organizmini zahardan tozalash va ahvolini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi. Bemor abstinensiya holatidan chiqqandan so`ng ijtimony davolash usuli qo`llaniladi. Bunda narkotikning zarari, uni qabul qilmasa ham odamning yashashi mumkinligi, buning uchun irodani mustahkamlash zarurligi kabi tushunchalar bemor ongiga muntazam ravishda singdiriladi. Davolash jarayonida psixiatr, narkolog vrachlar, psixologlar, ijtimoiy ta‘minot sohasining mutaxassislari, bemorning yaqin odamlari birgalikda ishtirok etishadi.
Mamlakatimizning narkologiya shifoxonalarida davolash jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:
1.Bemor abstinensiya holatidan turli xil dorilar yordamida chiqariladi.
2.Abstinensiya holatidan chiqqan bemor ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi:
3.Bemorning umumiy quvvatini tiklashga qaratilgan tadbirlar, quvvatni oshiruvchi dorilar, vitaminlar qo`llaniladi:
4.Narkotikning zaharli ta‘siri, uni qabul qilmasdan yashash mumkinligi haqidagi ma‘lumotlar suhbatlar yordamida bemor ongiga singdiriladi.
Viloyat narkologiya dispanseri shifokorlari tomonidan olib borilayotgan keng targ`ibot-tashviqot ishlari natijasida biroz bo`lsa-da ijobiy natijalarga erishilyapti.Buni to`g`ri tushungan ayrim ota-onalar giyohvandlik to`riga tushib qolgan farzandlari, yaqinlarini shifoxonaga olib kelib, ularning vaqtida davolanishiga ahamiyat berilyapti.
Qarshi shahridagi 1-poliklinika huzirida viloyat narkologiya dispanseriga qarashli pinhona davolash xonasi ham ishlab turibdi.Bu yerda shifokorlar bemorning shaxsini sir tutgan holda muolaja olib borishadi, unga zarur yordam ko`rsatishadi.
Kimyoviy moddalarni qabul qilish tufayli yuzaga kelgan toksikomaniya kasalligi yillar o`tishi bilan chuqurlasha boradi. Kimyoviy moddaning uzoq muddatli ta‘siri natijasida bemor organizmi zaharlanadi. Eng` avvalo bosh miya asab hujayralari, so`ngra yurak muskuli, o`pka, jigar, buyrak to`qimalari zaharlanadi.
Odam organizmining surunkali zaharlanishi oqibatida avvalo bemorning ruhiyati buziladi. U aqliy mehnat qilishni, fikrlash qobiliyatini yo`qotadi. Bemor o`zining ota-onasi, oilasi, aka-ukalari, bolalariga befarq, mehr-oqibatsiz bo`lib qoladi. O`qishga, ishga qiziqmaydi, doim qovog`i uyulgan, xafa, kayfiyati buzilgan, atrofdag`ilardan o`zini chetga oladi. Boshqalar bilan muomala qila olmaydi, tez urushib qoladi.
Bemor ruhiyatining buzilishi bilan birgalikda asta-sekin unda jismoniy xastalanish belgilari ham ortib boradi. Kamqonlik tufayli terisi oqimtir-sarg`ish rangda bo`ladi, ko`zining oq pardasi sarg`ayadi, yuzida tirishishlar paydo bo`lib, bemor yoshiga nisbatan vaqtidan ilgari qariydi. Uning tirnoqlari va sochi rangsizlanib, sinuvchan bo`lib qoladi. Bemor ozroq harakat qilsa, yuragi o`ynaydi, nafasi qisadi, jig`ar sohasida og`riq paydo bo`ladi.
Shunday qilib, toksikomaniya kasalligiga duchor bo`lgan odam organizmi kimyoviy modda ta‘sirida surunkali zaharlanishi tufayli ruhiy va jismoniy jihatdan nogironga aylanadi.
Toksikomanni, ya‘ni toksikomaniya kasalligiga duchor bo`lgan odamni davolash 3 davrda olib boriladi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling