5. Bolaning bosh aylanasini o‘lchash
Maqsad:
- Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash;
gidrosefaliyani aniqlash.
Moddiy asbob-anjomlar:
- Santimetr lentasi;
-70% li etil spirti, doka salfetka;
-qog‘oz, ruchka.
Bajarish algoritmi:
-Bola onasiga muolaja o‘tkazish maqsadini va tartibini tushuntiriladi;
-qo‘llarni yuviladi;
-santimetr lentasini spirtli salfetkada artiladi;
-bola o‘tqaziladi yoki yotqiziladi;
-lentani old tomondan bolaning peshonasiga-qosh yoyiga qo‘yib, orqa tomonga-ensa do‘mbog‘i ostidan tortiladi;
-hamshira barmoqlari lenta ustida bo‘lishi kerak;
-bosh aylanasi yozib qo‘yiladi va onasiga ma'lum qilinadi.
6 Bolaning ko‘krak qafasi aylanasini o‘lchash
Maqsad:
-Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash.
Moddiy asbob-anjomlar:
-Santimetr lentasi;
-70% li etil spirti, doka salfetka;
-qog‘oz, ruchka.
Bajarish algoritmi:
-Bola onasiga muolaja o‘tkazish maqsadini va tartibini tushuntiriladi;
-qo‘llarni yuviladi;
-santimetr lentasini spirtli salfetkada artiladi;
-bolani o‘tqaziladi yoki yotqiziladi;
-santimetr lentasini old tomondan - ko‘kraklar uchidan (to‘rtinchi qovurg‘a ustidan), orqa tomondan - kuraklarning pastki burchaklaridan o‘tkaziladi;
-bola qo‘llarini osiltirib, tinch nafas olib turishi kerak;
-natijalar yozib qo‘yiladi va onasiga ma'lum qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |