1. Gomeopatiya linimentlari haqida?
Download 21.24 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент
1-Bilet 1. Gomeopatiya linimentlari haqida? 2. Gomeopatiya dori turlari bo’yicha qo’llanmalar, gomeopatiya farmakopeyasi. Gomeopatiya linimentlari Ularga yog‘lar, opodeldok va sirtga ishlatiladigan spirtlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda linimentlarbu suyuq surtma dorilar, shuninguchun ishqalab surtiladi. Asosiga qarab ular tasniflanadi: A) yog‘li linimentlarga ( moylar); B) sovunli linimentlar kiradi. Gomeopatik moylar texnologiyasi Moylar ( linimentlar) bu suyuq surtma dorilar. Ular har xil o‘simlik moylari: shaftoli, o‘rik, zaytun, kungaboqar va vazelin moylarida tayyorlanadi. Gomeopatiya moylari xam 10%, kuchli ta’sir etuvchi moddalardan 5% tayyorlanadi. Leki ayrim moylar uchun istisnolar mavjud ( ular yuqorida keltirilgan). Gomeopatiyada ma’lum bo‘lgan yog‘larga misol qilib: 1% xloreton, 10% simitsifuga, 5% spongiya, 3% apis, 5% akonit, 10% brioniya, 3% kantarislarni keltirish mumkin Ganemanning "Dorivor moddalarni davolash xususiyatini topish uchun yangi jarayon tajribasi" "Tajribali tabobat" Tabiblik san’atining organoni" . Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar, me’yoriy hujjatlar Gomeopatiya farmakopeyasining muallifi doktor Vilmar SHvabe. 1950 yilda qo‘llanma nemischadan tarjima qilingan Gomeopatiya qo‘llanmasi quyidagi 3 qismlardan iborat: - Kirish; -Umumiy; - Maxsus Gomeopatiya farmakopeyasining kirish qismida ushbu qo‘llanma ko‘pgina davlatlarda tan olinganligi, gomeopatiya dorilarini tayyorlanishini o‘ziga xosligi va aynan shu qo‘llanmaga qaysi dorivor vositalar kiritilganligi haqida umumiy holatlar o‘z aksini topgan. Umumiy qismiesa A va B bo‘limlardan iborat. A- bo‘limi “ Gomeopatik farmatsiya”; B – bo‘limi “ Gomeopatiya dori vositalar texnologiyasi”. “Gomeopatiya farmakopeyasi” bo‘limida gomeopatik dorilarni manbalari, ularni tayyorlashdagi dastlabki vositalar ta’rifi, gomeopatik dorilarini berish, saqlash qoidalari keltirilgan. Gomeopatiya dori vositalar texnologiyasi” bo‘limida o‘simlik xom ashyo va jonivorlardan, mineral moddalar va kimyoviy birikmalardan gomeopatik vositalar texnologiyasi, dori moddalarni suyultirish tartibi, hamda gomeopatik dori turlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar va asbob-uskunalar tavsifi keltirilgan. II-Maxsus qism. Maxsus qismda gomeopatiyada qo‘llaniladigan asosiy va qo‘shimcha dorivor moddalar ta’rifi keltirilgan bo‘lib, unda 374ta xususiy maqola bor. Dorivor moddalar ta’rifi lotincha nomi bo‘yicha alifbo tartibida berilgan. Ulardan 78-80 foizi dorivor o‘simliklar, 14 foizi kimyoviy moddalar va 6 foiz atrofida jonivorlardan olingan dorilarga to‘g‘ri keladi. Maxsus qism oxirida kam ishlatiladigan gomeopatik dori moddalari ro‘yxati alifbo tartibida berilgan. 2-Bilet
1. 1.Gomeopatik surtma dorilar texnologiyasi 2.Gomeopatiyada ishlatiladigan suyultirishlar - Gomeopatiya surtmalar texnologiyasi Gomeopatik surtmalar, asosan XI DFning 2 qismdagi "Surtma dorilar" moddasiga binoan tayyorlanadi. Bunda dori moddalarning fizik-kimyoviy xususiyati, asosda yoki suvda erishini hisobga olgan holda texnologiya tanlanadi. Ma’lumki, dori moddalarni asosga kiritilishi bo‘yicha 3 guruhga bo‘lish mumkin: 1. Asosda eriydigan moddalar bo‘lsa, oldin ular shu asosda eritiladi. Misol qilib tumovga qarshi surtma dorini keltiramiz: Tarkib: Mentolum Oleum evkaliptum 10,0 dan Vazelin 1000,0 Tayyorlanishi: suv hammomida vazelin eritiladi va issiq vazelinga /45-500 S/ mentol qo‘shiladi, erib ketgandan keyin evkaliptum moyi qo‘shiladi. 2. Suvda eriydigan dori moddalar kam miqdordagi suvda eritiladi. Atsidum nitrikum 10% surtmasini misol sifatida keltirish mumkin. Atsidum nitrikum 10% 1x dan surtma tayyorlash uchun, avval nitrat kislotasining 25% ligidan 10 qismi 15 qism tozalangan suv bilan aralashtiriladi. So‘ng tayyor bo‘lgan 1x dan 10 qism olib 9 qism lanolin va 81qism vazelin qo‘shiladi. Surtma yiringli yaralar, lishay, terini bichi-lishida ishlatiladi. Birlamchi gomeopatik tinktura va esensiyalardan emulsiya turidagi surtmalar tayyorlanadi. Buning uchun isitilgan hovonchada tinkturalarni spirti uchiriladi, keyin lanolin vazelinli asos qo‘shiladi. 3. Suvda ham, asosda ham erimaydigan dori moddalarni eritilgan asos-ning bir qismida dori modda yaxshilab eziladi, maydalanadi, chunki qancha qattiq dorivor modda mayda / kata- kichikligi mikronda o‘lchaniladi/ bo‘lsa shuncha surtmaning terapevtik ta’siri, faolligi yaxshi bo‘lishi ma’lum. Misol tariqasida quyidagi gomeopatik surtmalarni keltirish mumkin: 1. Atsidum salitsilikum 3% 2. Atsidum benzoikum 2% 3. Grafites 1% 4. Sulfur sublimatum 10%. - Suyuq moddalarni suyultirish qoidalari. Mineral moddalar va kimyoviy birikmalarni suyultirish Kislotalardan eritmalarni tayyorlash Etil spirtini suyultirish Miqdoriy suyultirish. Download 21.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling