1. Gretsiya davlat tuzumi. Gretsiya sanoati va qishloq xo’jaligi


Xoʻjaligi Gretsiya — sanoatlashgan-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 18 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 16 %. Sanoati


Download 0.54 Mb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1373017
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gretsiya davlati

Xoʻjaligi
Gretsiya — sanoatlashgan-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 18 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 16 %.
Sanoati
Yiliga oʻrtacha 30,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Elektr stansiyalarning koʻpi yoqilgʻi bilan ishlaydi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, sement korxonalari bor. Yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Ip va jun gazlama, gilam toʻqiladi[9]. Yogʻ (zaytun yogʻi ishlan chiqarish boʻyicha dunyoda 3-oʻrin), un-yorma, meva konservalari, tamaki, vinochilik korxonalari bor. Oltingugurt kislotasi, sintetik materiallar, azotli va fosforli oʻgʻitlar, portlovchi moddalar ishlab chiqarish kimyo sanoatining asosini tashkil etadi. Asosan chetdan keltirilgan neftni qayta ishlab, turli mahsulotlar tayyorlanadi. Qazib olingan boksit, ferronikel va sh.k.ning anchagina qismi qayta ishlanmagan va konsentrat holida chet ellarga chiqariladi. Alyuminiy, poʻlat, choʻyan, baʼzi turdagi rangli metallar eritib quyiladi. Kemasozlik, avtomobilsozlik, traktorsozlik, binokorlik materiallari korxonalari mavjud. Kichikroq koʻnchilik-poyabzal va yogʻochsozlik fabrikalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Afina, Saloniki.
Qishloq xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — dehqonchilik boʻlib, qishloq xoʻjaligi mahsuloti qiymatining 75 % ni beradi. Mayda dehqonchilik xonadonlari ham, yirik xoʻjaliklar ham mavjud. Yerlarni ijaraga berish keng tarqalgan. Mamlakat maydonining 30 % ga yaqini — ekinzor. Gretsiyada zaytun daraxtining 31 turi usadi. Ular yiliga 2 marta gullab, hosil beradi. Aholi jon boshiga 10 tup zaytun daraxti toʻgʻri keladi. Mamlakat ekinzorlarining 1,9 % bogʻdorchilik xoʻjaliklari koʻlida. 6 mln. tup olma, 5 mln. tupdan koʻproq shaftoli, 19 mln. tupga yaqin boshqa mevali daraxtlar bor. Salkam 20 mln.tup apelsin, limon, mandarin, greypfrut, bergamot yozda va kuzda — 2 marta hosil beradi. Bugʻdoy yetishtiriladi; qand lavlagi, arpa, makkajoʻxori, sabzavot, sholi va boshqalar ham ekiladi. Chorvachilik zaif. Qoʻy, echki, qoramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz sohillarida baliq ovlanadi. Chet el sayyohligi anchagina daromad keltiradi (1 yilda 10 mln.ga yaqin kishi kelib ketadi) retsiya o’ziga xos urf-odat va an’analarga ega qadimiy mamlakatdir. Har qanday mamlakatda bo’lgani kabi, Gretsiya haqida ham ko’p qiziqarli narsalarni aytib berish mumkin. Sayyohlar Gretsiya bo’ylab sayohat qilishni juda yaxshi ko’radilar, chunki bu mamlakat har yili foyda keltirishi bejiz emas.
Bank of Greece (yun. Bank of Greece: tēs Lūlidos, inglizcha Bank of Greece SA, ATHEX: TELL) — Gretsiyaning markaziy banki. 1927 yil 27 oktyabrda tashkil etilgan, 1928 yilda ish boshlagan. Afinada joylashgan. Bungacha markaziy bank funksiyalarini Gretsiya Milliy banki – ikkinchi yirik va Gretsiyadagi eng qadimgi bank bajargan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling