Natriy(Na) - Natriy(Na)
- Atom raqami 11
- Koʻrinishi - oqish-kumush rang yumshoq metall
- Atom xossasi
- Atom massasi (molyar massasi) -22.989768 m. a. b. (g/mol)
- Atom radiusi - 190 pm
- Ionlashish energiyasi - 495.6(5.14) kJ/mol (eV)
- Elektron konfiguratsiyasi - [Ne] 3s1
kaliy kaliy - Kaliy (arab, al-kali — potash; lot. Kalium), Kaliy — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall, tartib raqami 19, atom massasi 39,0983. Ikkita barqaror izotop - 3"K(93,259%), 4|K(6,729%), shuningdek, radioaktiv izotop 40K(T|/2= 1,32- 10" yil)dan iborat. Ingliz fizigi va kimyogari Kaliy Devi 1807 yilda Kaliy gidroksid (KON)ni elektroliz qilib, Kaliy metalini oldi va uni potassiy deb atadi. 1809 yildan u "kaliy" deb atala boshladi. Kaliy kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holda uchramaydi. Minerallar (mas, dala shpati, slyuda, silvinit, karnallit, kainit, alunit va boshqalar) tarkibida uchraydi. Kaliy inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan hisoblanadi. Kaliy tabiatda keng tapqalgan, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirlik jihatidan 2,41%. Suyuqlanish temperaturasi 63,51°, qaynash temperaturasi 76G, zichligi 862,9 kg/m3. Birikmalarda bir valentli, atom radiusi 0,2313 nm, ion radiusi (qavsda koordinatsion son keltirilgan) K+ 0,151 nm (4), 0,152 nm (6), 0,160 nm (7), 0,165 nm ( , 0,178 nm (12). Kumush kabi oq, yumshoq, yengil metall. Kaliyni presslash, pichoq bilan kesish mumkin. Havoda tez oksidlanadi (qizdirilganda yonadi); shuning uchun Kaliy kerosin, benzin yoki mineral moyda saqlanadi. Suv bilan reaksiyaga kirishib, Kaliy gidroksid (KON), vodorod bilan birikib, Kaliy gidrid (KN), metallar bilan intermetall birikmalar (mas, Na2K) hosil qiladi. Sanoatda Kaliy KON yoki KCI ga Na metali taʼsir ettirish usuli bilan olinadi. Suyultirilgan KON yoki KS1 dan elektroliz usuli bilan ham Kaliy olish mumkin. Kaliy birikmalari fotoelementlar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va b. i.ch.da, oʻgʻit sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |