Referat Mavzu : Galliy guruhchasi elementlari Guruh : 2-21 myamt bosqich


Download 107.5 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1158850
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi


O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali
“Elektronika va elektrotexnika “ fakulteti



Mustaqil ish



Referat


Mavzu : Galliy guruhchasi elementlari






Guruh : 12-21 MYaMT 2 bosqich
Talaba :Obidov A
O’qituvchi : Otakuziyeva V

2022-2023



Reja:

  1. Galliy elementi haqida.

  2. Galliy olinishi va xossalari.

  3. Umumiy xarakteristika.

  4. Bor, olinishi, xossalari.

  5. Borning birikmalari, olinishi, xossalari.

  6. Alyuminiy olinishi va xossalari.

  7. Alyuminiy birikmalari, olinishi xossalari.

  8. Galliy, indiy, talliyning olinishi va xossalari.


  1. Galliy elementi haqida.

Galliy – to‘rtinchi davrning o‘n uchinchi guruhiga mansub element. Atom raqami 31. Formulasi Ga. Oddiy modda shaklidagi galliy oqish-kumush tusli, yumshoq mo‘rt metall
Kashf qilinishi va atama etimologiyasi
Ushbu elementning tabiatda mavjudligi haqidagi Dmitriy Mendeleyev 1869-yilda ilmiy bashorat bergan. Mendeleyevning o‘zi 31-raqamli elementi «eka-alyuminiy» degan shartli nom bilan qayd etgan va uning muhim fizik va kimyoviy xossalarini ham bayon qilib bergan. Xususan, uning qaydlarida, 31-element oson eriydigan metall bo‘lishi taxmin qilingan.
1875-yilning 27-avgust kuni Fransiyada kimyogar Lekok de Buabodran tomonidan Pireneya yarimorolidagi Arjeles vodiysidagi kondan keltirilgan rudani tadqiq qilish chog‘ida, xossalariga ko‘ra, o‘sha «eka-alyuminiy»ga o‘xshash moddani aniqlaydi. U spektral tahlil orqali ushbu moddani yanada sinchiklab tadqiq qilish orqali, uning haqiqatan ham yangi, ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan kimyoviy element ekanini aniqlaydi. Bu haqida Buabodran Parij fanlar akademiyasiga maktub yo‘llab ma’lum qiladi va o‘sha maktubning o‘zida, yangi elementga gallium degan nom berishni taklif qiladi. Buabodran bunda o‘z vatani – Fransiyaning qadimgi nomi – Galliya sharafiga shu nomni tanlaganini ma’lum qilgan. Buabodranning ushbu xati Parij fanlar akademiyasida 1875-yilning 20-sentyabrida o‘qib eshittirilgan.
Buabodran yangi elementni alohida holda ajratib olishga juda qiynalgan. Chunki, rudadagi galliy ulushi 0,2% atrofida bo‘lgan xolos. U birinchi tajribalarida katta mashaqqatlar evaziga atiga 0,1 gramm galliy ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Tabiatda tarqalganligi
Galliy ikkiyoqlama geokimyoviy tabiatga ega bo‘lgan siyrak tarqalgan element hisoblanadi. Uning yer qobig‘idagi miqdori 19 gramm/tonna atrofida deb baholangan. Galliy elementi minerallar tarkibida ham juda-juda oz miqdorda bo‘ladi. Asosiy galliy minerallari bu – sfalerit (ko‘pi bilan 0,1% galliyga ega bo‘ladi); magnetit (0,003%), kassiterit (0,005%), granat (0,003%), berill (0,003%) va ho kazolardir. Dengiz suvidagi galliy konsentratsiyasi 3·10−5 mg/l atrofida bo‘ladi.
Izotoplari
Tabiiy galliy ikkita barqaror izotop – 69Ga va 71Ga izotoplariga ega. Tabiatdagi galliyning 60% atrofidagi qismini Ga-69, qolgan 40% ga yaqin qismini esa Ga-71 izotoplari tashkil qiladi. Bundan tashqari galliyning yana 29 xil sun’iy radioaktiv izotopi aniqlangan bo‘lib, ularning massa soni 56Ga dan 86Ga gacha oraliqda bo‘ladi. Ular orasida eng uzoq yashovchani 67Ga bo‘lib, uning yarim yemirilish davri 3,26 sutkani tashkil qiladi. Yana bir nisbatan barqaror galliy izotopi – Ga-72 14 soat yarim yemirilish davriga ega.


  1. Download 107.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling