Referat Mavzu : Galliy guruhchasi elementlari Guruh : 2-21 myamt bosqich
Download 107.5 Kb.
|
Galliy olinishi va xossalari.
Fizik xossalari Kristall galliyning 5 xil polimorfik modifikatsiyasi mavjud bo‘lib, biroq, ular ichida faqat bittasi barqaror kristall panjara strukturasiga egadir. Uning kristall panjara shakli ortoromb ko‘rinishida bo‘ladi va а = 4,5186 Å, b = 7,6570 Å, c = 4,5256 Å parametrlarga ega bo‘ladi. 20 ℃ haroratdagi qattiq galliyning zichligi 5,904 g/sm3; 29,8 ℃ haroratda erib suyuqlanadi va suyuq galliyning zichligi 6,095 g/sm3 ga yetadi. Shu jihatdan, galliy elementi, suv, kremniy, germaniy, surma, vismut va plutoniy singari, qotganda hajman kengayadigan noyob moddalar turkumiga kiradi. Galliyning yana bir qiziq fizik xossasi, uning suyuq holatda bo‘lishi harorat intervali juda kattaligidir. U 30 ℃ haroratdan 2230 ℃ gacha suyuq fazada bo‘ladi va 2330 ℃ dagina qaynay boshlaydi. 0-24 ℃ harorat intervalida qattiq galliyning solishtirma issiqlik sig‘imi 376,7 J/kg·K; 29-100 ℃ harorat intervalidagi suyuq galliyning solishtirma issiqlik sig‘imi 410 J/kg·K. Qattiq galliyning solishtirma elektr qarshiligi 53,4·10−6 Om·sm; suyuq galliyniki esa 27,2·10−6 Om·sm. Kimyoviy xossalari Galliy kimyoviy xossalariga ko‘ra alyuminiyga yaqin. Shunga qaramay, metall galliyning kimyoviy faolligi nisbatan sust ekanini alohida aytib o‘tish lozim va shu sababli, u qatnashgan reaksiyalar sekinroq kechadi. Galliyda ham havoda juda yupqa oksid plyonkasi hosil bo‘ladi va uning keyingi oksidlanish jarayonlaridan to‘sadi. Galliy qaynoq suv bilan reaksiyaga kirishib, undan vodorodni chiqarib tashlaydi va galliy gidrooksidi hosil qiladi: 2Ga+6H2O→2Ga(OH)+3H2↑ 350 ℃ haroratdagi o‘ta qizigan bug‘ bilan reaksiyada esa u galliy oksidi gidrati, yoki, metagalliy kislotasi – GaOOH hosil qiladi: 2Ga+4H2O→2GaOOH+3H2↑ Mineral kislotalar bilan ta’sirlashganda galliy tuz hosil qiladi va vodorod ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi: 2Ga+6HCl→2GaCl3+3H2↑ Galliy galogenlar bilan ha reaksiyaga kirishadi: uning xlor va brom bilan reaksiyasi xona haroratida ham boshlanaveradi; ftor bilan esa hatto −35℃ da ham reaksiyaga kirishadi va harorat 20 ℃ va undan baland bo‘lsa, reaksiya alanga oladi. Yod b reaksiyaga kirishishi uchun esa qizdirish talab etiladi. Galliy elementi vodorod, uglerod, azot, kremniy va brom bilan reaksiyaga kirishmaydi. Olinishi Metall galliy olish uchun odatda CuGaS2 kimyoviy formulasiga ega bo‘lgan noyob mineral – gallit qayta ishlanadi. Bu mineralda mis sulfid va galliy sulfid aralashma ko‘rinishida saqlanadi. Gallit minerali ko‘pincha, xalkopirit, sfalerit va germanit minerallari bilan birga uchraydi. Galliyning sezilarli miqdori (1,5 % atrofida) ayrim toshko‘mir turlari tarkibida ham mavjud bo‘ladi. Shu tufayli, galliyni ko‘mirning yarimmetall rudalaridan ham olish usuli mavjud. Odatda elektroliz usuli bilan ajratib olinadi. Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling