Referat Mavzu : Galliy guruhchasi elementlari Guruh : 2-21 myamt bosqich


Galliy, indiy, talliyning olinishi va xossalari


Download 107.5 Kb.
bet6/6
Sana04.02.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1158850
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Galliy, indiy, talliyning olinishi va xossalari.

Alyuminiy 800°S da azot bilan birikib alyuminiy nitrid AlN, 1000°S da oltingugurt bilan Al2S3, 2000°S da kumir bilan alyuminiy karbid Al4C3 xosil qiladi.
Alyuminiy vodorod bilan bevosita birikmaydi, lekin yukori xaroratda vodorodni eritadi.
Alyuminiy trimetil Al(CN3)3 bilan vodorod aralashmasidan elektr razryad utkazib alyuminiy gidrid (AlH3) olish mumkin, alyuminiy gidrid ok tusli amorf modda, 105°S da parchalanadi. Ishqoriy metallarning alyuminiyli gidridlari, masalan, litiy alyuminiy gidrid Li[AlH4] katta axamiyatga ega moddadir. Li[AlH4] xosil qilish uchun litiy gidrid va alyuminiy xloridning efirdagi eritmalari kuyidagicha uzaro reaksiyaga kiritiladi:
4LiH + AlCl3 --> Li[AlH4] + LiCl
Li[AlH4]-efirda eriydigan, kuruk xavoda barkaror, 125°S bilan 150°S orasida parchalanadigan kristall modda. U kaytaruvchi sifatida ishlatiladi.Uning efirdagi eritmasiga alyuminiyxlorid ta'sir ettirib alyuminiy gidrid olish mumkin:
4Li[AlH4] + AlCl3 --> 4AlH3 + 3LiCl
Alyuminiy birikmalari. Alyuminiy uzining barcha barkaror birikmalarida +3 valentli buladi.Alyuminiy oksid Al2O3 ning bir necha shakl uzgarishlari mavjud, bulardan muximlari a – Al2O3 va  - Al2O3 dir.
a - Al2O3 nixoyatda barkaror va u korund mineralini tashqil qiladi.
Korund ok tusli kristall modda, u romboedrik kataklarda kristallanadi. Uning qattiqligi MooS shkalasida 9 ga teng (olmosniki-10) 2046°S da suyuklanadi. Shuning uchun alyuminiy juda kup metall oksidlaridan kislorodni tortib olib, metalni kaytaradi
8Al + 3Fe3O4 --> 4Al2O3 + 9Fe + 795 kkal
Bu reaksiya natijasida kup miqdorda issiklik ajralib chikadi, xarorat 3500°S ga kutariladi Shunga uxshash reaksiyalar yordamida oksidlardan metallar N.N.Beketovning alyuminotermik usulida olinadi.
Alyuminiy (I) oksid Al2O uchuvchan modda bulib, alyuminiy bilan Al2O3 aralashmasi yukori xaroratda kizdirilganida xosil buladi.
Alyuminiy gidroksid Al(OH)3-alyuminiy tuzlari eritmasiga ishqorlar ta'sir ettirilganda Al(OH)3 chukmasi xosil buladi. U pH=4.1-6.5 kiymatga ega bulgan kuchsiz kislotali muxitda chukadi: suvda kam eriydi; uning eruvchanlik kupaytmasi
[Al3+][OH-]3 = 8 10-32 mol4/l4 dir. Al(OH)3
kislota kabi dissasilanish
Al(OH)3 = H+ + AlO2- + H2O
konstantasi 410 mol/l Al(OH)3 amfoter elektrolit uning asos tarzida tula dissasilanish konstantasi 110-33 ga teng. AL(OH)3 ishqorlarda xam kislotalarda xam yaxshi eriydi.
NaAlO2-natriy metaalyuminat deb yuritiladi. Magniy metaalyuminat Mg(AlO2)2 tabiatda shpinel nomli mineral tarzida uchraydi.
Yukori xaroratda kislotali eritmadan AlO(OH) tarkibli chukma xosil buladi. Juda yukori xaroratda alyuminiy gidroksid - Al2O3 ga aylanadi: 1000° dan yukorida a – Al2O3 xosil buladi.
Al3+ ioni kichik radiusli va katta zaryadli bulgani uchun, kuchli kutblovchi ta'sir kursatadi. Shu sababli alyuminiy tuzlari eritmalardan suv molekulalari bilan birga kristallanadi; masalan Al2(SO4)318H2O, Al(NO3)39H2O, AlCl36H2O. Alyuminiy tuzlari rangsiz suvda yaxshi eriydi. Ularning ba'zilari, chunonchi Al2S3, Al(CH3COO)3 tulik gidrolizlanadi. Kuchli kislotalarning alyuminiy tuzlari xam suvda gidrolizlanadi, ular kislotali reaksiya namoyon qiladi, masalan; alyuminiy sulfat suvni tozalashda, kogoz ishlab chikarishda va boshkalarda ishlatiladi.
Agar alyuminiy sulfat eritmasiga K2SO4 yoki (NH4)2SO4 qushib xosil bulgan aralash eritma buglatilsa, kaliyli yoki ammoniyli achchiktoshlar kristallanadi. Achchik toshlar kaliy va alyuminiy sulfatlardan iborat qushalok tuzlardir:
K2SO4 Al(SO4)3  24H2O va (NH4)2SO4  Al2(SO4)3  24H2O
Achchiktoshlar sanoatda, medisinada, kandolatchilikda ishlatiladi.
Alyuminiy xlorid ALCL3 kupincha organik sintezlarda katalizator sifatida ishlatiladi.
Alyuminiyning bir kancha organik birikmalari ma'lum. Masalan, trietilalyuminiy AL(C2H5)3 etilendan polietilen olishda katalizator sifatida ishlatiladi.

Xulosa:
 Galliyning toksik xossasi juda past deb qaraydigan olimlar ham bor va uning yuqori toksik xususiyatga ega deb ta’kidlaydigan olimlar ham bor. Shunga qaramay, galliy bilan zaharlanish holatlari oz sonda bo‘lsa-da, har holda tibbiyotda bir necha marta qayd qilingan. Bunda zaharlangan bemor harakat susayishi, adinamiya, nafas olishning qiyinlashishi, keskin qo‘zg‘aluvchanlik singari klinik belgilarni namoyon qilishi kuzatilgan. Teriga galliy tushsa, o‘sha joy kulrang dog‘ bo‘lib yaqqol ajralib qoladi. Artib tashlash uchun ishqalansa u teri ichiga yanada ichkari kirishi mumkin. Shuning uchun galliy tekkan joyni yaxshilab sovunlab yuvib tashlash kerak.



Foydalanilgan adabiyotlar
1.Sella Andrea 2009 yil 23-sentabr) Galliy.Kimyo olami.Qayta tiklandi:chemistryworld.com
2.Wikipedia.(2019).Galliy.Qayta tiklandi.en.wikipedia.org
3.Li,R,Vang Suyuq galyumning bosim ostida mahalliy tuzilishi.Ilmiy ma2ruzalar
Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling