1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar Fotoelementlar (FE)


Download 358.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi358.52 Kb.
#1590869
  1   2   3
Bog'liq
1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar Fotoelementlar (F



9-10-ma’ruzalar. Tashqi fotoeffektga asoslangan nurlanish priyomniklar 
Reja: 
1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar 
2. Fotoelementlar (FE). 
3. Fotokatodlarning turlari va ularning spektral sezgirligi. 
4. Fotoelektron ko‘paytgich (FEK). 
5. Ichki fotoeffektga asoslangan priyomniklar 
6. Fotorezistorlar 
7. Fotodiodlar 
8. Galvanik fotoelementlar 
9. CCD detektorli priyomniklar 
Hozirgi zamon fotoelektrik nurlanish priyomniklari, fotoelementlar
fotoelektron ko‘paytgich, elektrooptik almashtirgichlar, tashqi fotoeffekt hodisaga 
soslanganlar. Bu hodisa manfiy zaryadlangan plastina intensiv yorug‘lik nuri bilan 
yoritilganda zaryadsizlanishida nomoyon boladi va elektron tabiatga ega. Yorug‘lik 
fotonlari plastinadan elektronlarni urib chiqaradi va plastina zaryadsizlanadi (tashqi 
fotoeffekt) yoki elektronlar ozod holatga chiqmasdan elektr tashuvchilar safini 
ko'paytirishi yoki o‘tkazgichning elektrik qutblanishini kuchaytirishi (ichki 
fotoeffekt) mumkin. Ajralgan elektronlar sonini tushayotgan yoruglik miqdoriga 
qat’iy proporsionalligi yorug‘lik oqimini oMchashda fotoeffektni qo'llashga asos 
boladi. 
1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar. Tashqi fotoeffektni 1905 yilda 
A.Eynshteyn tushuntirib berdi. Elementar fotoelektrik jarayonda yutilgan kvant 
energiyasi (hv) ning bir qismi elektronni plastinadan urib chiqarish uchun chiqish 
ishi (P) sifatida sarf bo‘lsa, qolgan qismi elektronga kinetik energiya (mv
2
/2) 
sifatida beriladi, ya’ni 
Bu fotoeffekt yoki Eynshteyn formulasi deb ataladi. Elektronni metalldan urib 
chiqarish uchun zarur bo‘lgan energiya (fotoeffektda chiqish ishi) P=hv
0
fotoeffekt 
bera oladigan eng kichik chastotali v

kvantni belgilaydi. Ya’ni, chastotasi v
0
bo‘lgan 
barcha kvantlar berilgan metalldan elektron ajrata oldi. Chiqish ishi 
elektronvoltlarda (eV) beriladi va chegaraviy chastota v
0
ga mos keladigan tolqin 
uzunligi 

0
=1239,8/P nm dan topiladi. Ishqor metallar Li, Na, K, Rb, Cs eng kam 
(2,5 dan 1,8 e V gacha) chiqish ishi bilan xarakterlanadi. 
Bulardan Li uchun chiqarish chegarasi 

0
=490 nm, seziy uchun esa 690 nm ga 
to‘g‘ri keladi. Biroq bu chegara yaqinida metallning nur «sezishi» juda past va kvant 
chiqishi 10
-8
ga teng va qisqa tolqinlar tomon u tez sur’atlar bilan orta boradi va 


ultrabinafsha nurlarda 0,1 ga etadi. Litiy (Li) uchun sezish maksimumi 280 nm va 
seziy (Cs) uchun — 550 nm ga to‘g‘ri keladi. Tashqi fotoeffektga asoslangan 
priyonmiklammg nur sezuvchi qatlamida ro‘y beradigan jarayonlar bilan tanisliib 
chiqaylik. Tashqi fotoeffektga asoslangan nurlanish priyomniklatining bir necha turi 
qo‘llaniladi, ulaming barchasi metall katod sirtiga nurlanish tushganda undan ajralib 
chiqadigan fotoelektronlar hosil qiladigan elektr tokni o‘lchash imkonini beradi. 

Download 358.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling