1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar Fotoelementlar (FE)
Download 358.52 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar Fotoelementlar (F
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Fotokatodlarning turlari va ularning spektral sezgirligi.
2. Fotoelementlar (FE). Fotoelementning nur sezuvchi qatlami fotokatod deb
ataladi va u shisha asosga surilgan metall yoki yarimo‘tkazgich aralashmadan iborat bo'ladi. Aralashma tarkibiga chiqish ishini kamaytiruvchi moddalar qo'shiladi va fotokatod inert gaz bilan to‘ldirilgan shisha ballon ichiga joylashtiriladi. Fotokatod galvanometr orqali tok manbai (batareya) ning manfiy qutbiga ulanadi. Elektr manbaning musbat qutbi esa, qarshilik orqali shisha ballon ichiga joylashtirilgan shar yoki to‘r shakldagi anodga ulanadi. Katod bilan anod orasida fotoelektronlami yo‘naltiruvchi va tezlashtiruvchi elektr maydon hosil qilinadi. Bu maydonning kuchlanganligi bilan zanjirda oqayotgan tok orasida boglanish mavjud va u fotoelementning volt-amper xarakteristikasi deb ataladi. Kuchlanishning ma’lum qiymatida tok kuchi maksimal qiymatga yetadi. Biroz inert gaz bilan to‘ldirilgan ballonli FE larda tok kuchi chegaralanmagan, biroq, uni juda katta qiymatlargacha kuchaytish mumkin emas, aks holda ballonda gaz chaqnaydi. 4.4-rasm. FE ni zanjirga ulash sxemasi (chapda) va uning volt-amper xarakteristikasi (o‘ngda): Anod (A) va katod ( K) joylashtirilgan ballon bo‘sli (a) va gaz bilan to‘ldirilganda (b), G - galvanometr, R — qarshilik. FE kuchlanish ostida bo‘lganda, unga nur tushmasa ham zanjirda tok oqa boshlaydi. Bu tok qorong‘ulik toki (ik ) deb ataladi. Astrofizik kuzatishlarda qo‘llaniladigan FE larda i k =10 -15 -10 -16 ampemi tashkil etadi. lkkita yulduzni FE li fotometr yordamida olchangan yulduziy kattaliklari ayirmasi bu yerda i l va i 2 birinchi va ikkinchi yulduz nuri ta’sirida FE hosil bo'lgan tok kuchlari m l va m 2 yulduzlaming yulduziy kattaliklari. 3. Fotokatodlarning turlari va ularning spektral sezgirligi. Shisha sirtga seziyli aralashma yotqizilib (surtilgan) yasalgan fotokatoddan elektron ajratish uchun yoruglik kvantlari energiyasi yetarli (1-2 eV). Shuning uchun astrofizikada seziy (Cz) brikmalaridan yasalgan fotoelementlar keng qo’llaniladi. Shulardan biri nur sezuvchi qatlami surma-seziy aralashmasidan yasalgan fotokatoddir. U shisha yoki metall asosga yupqa plyonka qatlam sifatida surmaseziy birikmasi surib yasaladi. Bunday fotokatod ≤650 nm gacha bo'lgan kvantlami sezadi va uning sezgirlik maksimumi ultrabinafsha nurlarga ( max =350 nm) to‘g‘ri keladi. Yaxshi surma-seziy fotoelement 1000 µа/lm (mikroamper/lyumen) sezgirlikka ega. Obyektivi diametri D=33 sm bolgan reflektor 10 m kattalikdagi yulduzdan o‘z fokal tekisligida 10 -11 lm nurlanish oqimi hosil qiladi. Bunday oqim yuqoridagi yaxshi surma-seziy fotoelementdan yasalgan fotometrda 10 -14 amper tok kuchi beradi. Bunday tok kuchi kam, uni o‘lchash uchun kuchaytirish kerak. Oddiy lampali (tranzistorh) kuchaytirgich 10 6 -10 7 marta kuchaytira oladi. Agar yuqoridagi fotometrga oddiy lampali (tranzistorli) kuchaytgich ulansa, (FE anodli lampa to'riga yoki tranzistor bazisiga ulanadi) unda kuchaytirilgan tokni galvanometr yordamida o‘lchasa bo'ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling