3-tajriba. Nochiziqli volt-amper (V-I) tavsifnoma Tajriba maqsadi
Download 50.63 Kb.
|
2-Маvzu. Nochiziqli Volt-amper tavsifnoma.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob va uskunalar Materiallar Spetsifikatsiyasi Soni
- Nazariy ma’lumotlar.
- Tajribani o‘tkazish tartibi.
3-tajriba. Nochiziqli volt-amper (V-I) tavsifnoma Tajriba maqsadi. Nochiziqli asboblar volt-amper tavsifnomasini tuzib,talabalarga nochiziqli volt-amper tavsifnoma (V-I) to‘g‘risida tushuncha berish.
Nazariy ma’lumotlar. 2-tajribada chiziqli asboblarning volt-amper tavsifnomasini tuzdik va u chiziqli edi. Rezistorlarning qarshiligi rezistordan tok o‘tganda o‘zgarmaydi, ya’ni tok kuchi yoki maydonga bog‘liq emas. Yarim o‘tkazgich materialdan tayyorlangan ko‘pchilik asboblar esa nochiziqli xususiyatga ega. Yarim o‘tkazgichning qarshiligi undan tok o‘tganda o‘zgaradi va tok ham shunga ko‘ra o‘zgaradi. Bu tajribada volfram cho‘lg‘amli lampaning qarshiligi tok o‘tganda qanday o‘zgarishini ko‘rib o‘tamiz. Cho‘g‘lanma lampada nochiziqlilik yarim o‘tkazgichdagi kabi kuchli bo‘lmasada, biz cho‘g‘lanma lampa orqali ham nochiziqlilikni kuzatishimiz mumkin. Tajribani o‘tkazish tartibi. 3.1-rasmda keltirilgan zanjirni yig‘ing. 2. Zanjirga ta;minlash manbaidan tok bering va lampadagi kuchlanishlar tushuvi 1 volt bo‘lguncha ta’minlash manbai kuchlanishini tanlang. 10 Om qarshilikdagi kuchlanishlar tushuvini o‘lchang va lampadan o‘tayotgan tokni aniqlang. Natijalarni 3.1-jadvalga kiriting. Kuchlanishning barcha qiymatlarida amalni takrorlang va jadvalga kiriting. 3. 3.1-jadvaldan 3.1-rasmdagi grafik kabi V va I bog‘lanish grafigini chizing. Grafikni boshlang‘ich nuqtadan V = 0, I = 0 boshlab chizing. Bu grafik cho‘g‘lanma lampa volt-amper tavsifnomasi deyiladi. Grafikda nochiziqli soha boshlangandan boshlab, cho‘g‘lanma lampani nochiziqli deyish mumkin. Bu nochiziqlikning sababi cho‘glanma tola harorati ortishi bilan qarshiligi ortib boradi va tok kamayadi. Lampadan qancha ko‘p tok o‘tsa, lampa shuncha qiziy boshlaydi va qarshiligi ham ortib boradi. Qarshilik qanday ortishini ko‘rish uchun Om qonunidan foydalanib, 40 mA bo‘lgandagi lampa qarshiligini hisoblang. Lampadagi kuchlanish qiymatini garfikdan shu tokka mos kuchlanishdan oling. R1 = V/I = V/40mA =______________ Endi lampa qarshiligini tok kuchi I = 80mA bo‘lganda hisoblang. R2 = V/80mA =______________ Va nihoyat lampa qarshiligini tok kuchi I = 120 mA bo‘lganda hisoblang. R3 = V/120mA = ________________________ 3.1-rasm. Volfram cho‘g‘lanma lampa volt-amper (V-I) tavsifnomasi Download 50.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling