seziy seziy - Seziy (lotincha: caesius — zangori, havo rang, Caesium), Cs - Mendeleyev davriy sistemasining I guruxiga manub kimyoviy element; tartib rakami 55, atom massasi 132,9054. Tabiiy Seziy 1 ta izotop 133Cs dan iborat. Uning 15 dan ortiq sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan. Bular ichida eng barqarori l37Cs (T|/2 = ZZy.).
- Seziy dastlab 1860 yilda Seziy Bunzen va Seziy Kirxgof tomonidan Germaniyaning Dyurkteym mineral suvlarini spektral usudsa tekshirish natijasida kashf qilingan. Metall Seziyni dastlab Seziy Setterberg 1882 yilda suyuqlantirilgan seziy sianidni elektrolizlab olgan. Seziyning spektrida 2 zangori chiziq mavjud.
- Seziy nodir element. Yer poʻstining massa jihatidan 7-10~4% ini tashkil etadi. Seziy pollutsit nomli mineral (alyumosilikat) hosil qiladi. Seziy birikmalari mineral suvlar tarkibida va tirik organizmlarda boʻladi. Seziy oz miqdorda bazalt, granit, diabaz kabi togʻ jinslari tarkibida uchraydi. Lepidolit (yoki pollutsitdan) litiy, kaliy, rubidiy va kaltsiy ajratilganidan keyin Seziy birikmalari olinadi. Sof Seziy olish uchun Seziy galogenidlar kaltsiy bilan kaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |