1-guruh elementlari geokimyosi
Download 1.06 Mb.
|
1-guruh elementlari geokimyosi.
fransiyfransiyFransiy (lot. Francium), Fr — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 87, mol. m. 223,0197. Fransiyning barqaror izotoplari yoʻq. 27 ta radioaktiv izotopi maʼlum, ularning massa sonlari 202— 229. Dastlab fransuz radiokimyogari Fransiy Perey 1939 yilda 227As ning ayemirilish mahsuloti sifatida 223Fr ni kashf qildi. Fransiy nomi ana shu tadqiqotchi ayolning vatani "Fransiya" nomidan olingan. Tabiatda faqat 223Fr uchraydi. Uning yarim yemirilish davri 22 minut, oʻzidan rnur chiqarib AsX ga aylanadi. Fransiyning boshka izotoplari kup zaryadli ionlar bilan turli elementlarning atomlari orasidagi yadro reaksiyalari natijasida hosil boʻladi. Fransiyning Yer poʻstidagi miqdori 24,5 mg ni tashkil qiladi. Fransiyning fizik xossalariga oid barcha maʼlumotlar ekstrapolyatsiya (interpolyatsiya) yoʻli bilan hosil qilingan. Zichligi 2,5 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 8° atrofida. Fransiy kimyoviy jihatdan seziyga oʻxshaydi. Seziyning barcha kimyoviy shakllari Fransiyda ham kuzatiladi. Fransiy ning oksidlanish darajasi +1. Fransiy kimyoviy xossalariga koʻra ishqoriy metallar ichida eng faol element hisoblanadi. Fransiy ishqoriy metallarga mansubligi sababli uning suvda erimaydigan tuzlari bir nechta. Fransiy oʻz birikmalarining suvdagi eritmalaridan (kislotali muhitda) rubidiy va seziyning perxloratlari va xlorplatinatlari taʼsirida birga choʻkadi.
Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling