3. Kaliy dixromat - K2Cr2O7 bariy ioni bilan sariq rangli BaCrO4 cho'kma hosil qiladi: - 3. Kaliy dixromat - K2Cr2O7 bariy ioni bilan sariq rangli BaCrO4 cho'kma hosil qiladi:
- 2BaCl2 + K2Cr2O7 + H2O → 2BaCrO4 ↓ + 2HCl + 2KCl
- Bu reaksiyada BaCrO4 cho'kmasining hosil bo'lishi K2Cr2O7 eritmasida doimo Cr2O72- iondan tashqari CrO42- ionning mavjudligi bilan izohlanadi:
- Cr2O72- + H2O → 2CrO42- + 2H+
- K2Cr2O7 bariyni chala cho'ktiradi, chunki BaCrO4 cho'kmasi reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan kislotada eriydi. Shuning uchun ham kuchli kislotali eritmalardagi bariy ionini K2Cr2O7 to'la cho'ktirmaydi.
- Bariy ionini amalda to'liq cho'ktirish uchun eritmaga CH3COONa qo'shish zarur, bunda qo'shilgan CH3COONa hosil bo'ladigan HCl ni neytrallab, kuchsiz sirka kislota hosil qiladi:
- 2BaCl2+K2CrO7+HCl+2CH3COONa →2BaCrO4 ↓+2CH3COOH+2KCl+2NaCl
- Shuni ta'kidlash kerakki, ikkinchi gruppaning boshqa kationlari K2Cr2O7 bilan cho'kma hosil qilmaydi, ammo bundan kalsiy va stronsiy ishtirokida bariyni topish uchun foydalaniladi.
- Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2eritmasiga 1-2 tomchi CH3COONa va 2-3 tomchi K2Cr2O7 eritmasi tomiziladi.
4. Sulfat kislota (yoki eruvchan sulfatlar) Ba2+ ioni bilan kislota va ishqorlarda erimaydigan oq cho'kma - BaSO4 hosil qiladi: - 4. Sulfat kislota (yoki eruvchan sulfatlar) Ba2+ ioni bilan kislota va ishqorlarda erimaydigan oq cho'kma - BaSO4 hosil qiladi:
- BaCl+H2SO4→BaSO4↓ + 2HCl
- Bariy ioni sulfat kislota yoki eruvchan sulfatlar ta'siridan tezda bariy sulfat cho'kmasini hosil qiladi.
- Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha H2SO4, Na2SO4 yoki (NH4)2SO4 qo'shiladi.
5. Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 bariy ioni bilan HCl va HNO3 kislotalarda qizdirilganda CH3COOH da ham eriydigan oq kristal cho'kma - BaC2O4 hosil qiladi: - 5. Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 bariy ioni bilan HCl va HNO3 kislotalarda qizdirilganda CH3COOH da ham eriydigan oq kristal cho'kma - BaC2O4 hosil qiladi:
- BaCl2+ (NH4)2C2O4→BaC2O4↓ + 2NH4Cl
- Ba2++C2O42- →BaC2O4↓
- Cho'ktirish issiq eritmada sekin amalga oshirilsa, yirik kristal cho'kma sovuq eritmada bajarilsa, mayda kristal cho'kma hosil bo'ladi.
- Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha (NH4)2C2O4 eritmasi qo'shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |