1-gurux kationlarining reaksiyalari


Kaliy dixromat - K2Cr2O7 bariy ioni bilan sariq rangli BaCrO4 cho'kma hosil qiladi


Download 1.83 Mb.
bet7/24
Sana03.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1796974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
1-gurux kationlarining reaksiyalari

3. Kaliy dixromat - K2Cr2O7 bariy ioni bilan sariq rangli BaCrO4 cho'kma hosil qiladi:

  • 3. Kaliy dixromat - K2Cr2O7 bariy ioni bilan sariq rangli BaCrO4 cho'kma hosil qiladi:
  • 2BaCl2 + K2Cr2O7 + H2O → 2BaCrO4 ↓ + 2HCl + 2KCl
  • Bu reaksiyada BaCrO4 cho'kmasining hosil bo'lishi K2Cr2O7 eritmasida doimo Cr2O72- iondan tashqari CrO42- ionning mavjudligi bilan izohlanadi:
  • Cr2O72- + H2O → 2CrO42- + 2H+
  • K2Cr2O7 bariyni chala cho'ktiradi, chunki BaCrO4 cho'kmasi reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan kislotada eriydi. Shuning uchun ham kuchli kislotali eritmalardagi bariy ionini K2Cr2O7 to'la cho'ktirmaydi.
  • Bariy ionini amalda to'liq cho'ktirish uchun eritmaga CH3COONa qo'shish zarur, bunda qo'shilgan CH3COONa hosil bo'ladigan HCl ni neytrallab, kuchsiz sirka kislota hosil qiladi:
  • 2BaCl2+K2CrO7+HCl+2CH3COONa →2BaCrO4 ↓+2CH3COOH+2KCl+2NaCl
  • Shuni ta'kidlash kerakki, ikkinchi gruppaning boshqa kationlari K2Cr2O7 bilan cho'kma hosil qilmaydi, ammo bundan kalsiy va stronsiy ishtirokida bariyni topish uchun foydalaniladi.
  • Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2eritmasiga 1-2 tomchi CH3COONa va 2-3 tomchi K2Cr2O7 eritmasi tomiziladi.

4. Sulfat kislota (yoki eruvchan sulfatlar) Ba2+ ioni bilan kislota va ishqorlarda erimaydigan oq cho'kma - BaSO4 hosil qiladi:

  • 4. Sulfat kislota (yoki eruvchan sulfatlar) Ba2+ ioni bilan kislota va ishqorlarda erimaydigan oq cho'kma - BaSO4 hosil qiladi:
  • BaCl+H2SO4→BaSO4↓ + 2HCl
  • Bariy ioni sulfat kislota yoki eruvchan sulfatlar ta'siridan tezda bariy sulfat cho'kmasini hosil qiladi.
  • Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha H2SO4, Na2SO4 yoki (NH4)2SO4 qo'shiladi.

5. Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 bariy ioni bilan HCl va HNO3 kislotalarda qizdirilganda CH3COOH da ham eriydigan oq kristal cho'kma - BaC2O4 hosil qiladi:

  • 5. Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 bariy ioni bilan HCl va HNO3 kislotalarda qizdirilganda CH3COOH da ham eriydigan oq kristal cho'kma - BaC2O4 hosil qiladi:
  • BaCl2+ (NH4)2C2O4→BaC2O4↓ + 2NH4Cl
  • Ba2++C2O42- →BaC2O4↓
  • Cho'ktirish issiq eritmada sekin amalga oshirilsa, yirik kristal cho'kma sovuq eritmada bajarilsa, mayda kristal cho'kma hosil bo'ladi.
  • Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha (NH4)2C2O4 eritmasi qo'shiladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling