1-gurux kationlarining reaksiyalari


Kalsiy kationining reaksiyalari


Download 1.83 Mb.
bet10/24
Sana03.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1796974
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
1-gurux kationlarining reaksiyalari

2.4. Kalsiy kationining reaksiyalari

  • 2.4. Kalsiy kationining reaksiyalari
  • 1. Ammoniy karbonat - (NH4)2CO3 kalsiy ioni bilan qizdirilganda kristal holatiga o'tadigan oq amorf cho'kma - CaCO3 hosil qiladi:
  • CaCl2 + (NH4)2CO3 → CaCO3 ↓ +2NH4Cl
  • Ca2++CO32 →CaCO3 ↓
  • CaCO3 cho'kmasi kuchli kislotalar va CH3COOH da eriydi.
  • Reaksiyani bajarish. 2-3 tomchi CaCl2 eritmasiga (NH4)2CO3 eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi.
  • 2. Ammoniy oksalat (NH4)2C2O4 Ca2+ ioni bilan qo'shilganda CaC2O4 ning oq mayda kristal cho'kmasini hosil qiladi:
  • CaCl2 + (NH4)2C2O4 → CaC2O4 ↓ + 2NH4Cl
  • Ca2++C2O42 →CaC2O4 ↓
  • CaC2O4 cho'kmasi kuchli kislotalarda eriydi, biroq CH3COOH (pK=4,76) da erimaydi, chunki oksalat kislota sirka kislotadan kuchli (pK1 =1,25, pK2=4,27), mineral kislotalardan kuchsizdir.
  • Reaksiyani bajarish. Bunda 1-2 tomchi CaCl2 eritmasiga 2-3 tomchi (NH4)2C2O4 eritmasi qo'shiladi.

3. Kaliy geksatsianoferrat (II) - K4[Fe(CN)6] ammiakli bufer aralashma ishtirokida kalsiy ioni bilan qo'shaloq tuz - kalsiy va ammoniy geksatsianoferrat (II) ning oq cho'kmasini hosil qiladi:

  • 3. Kaliy geksatsianoferrat (II) - K4[Fe(CN)6] ammiakli bufer aralashma ishtirokida kalsiy ioni bilan qo'shaloq tuz - kalsiy va ammoniy geksatsianoferrat (II) ning oq cho'kmasini hosil qiladi:
  • CaCl2 + 2NH4Cl + K4[Fe(CN)6] →
  • Ca(NH4)2[Fe(CN)6] ↓ + 4KCl
  • Ca2++ 2NH4++ [Fe(CN)6]4- →Ca(NH4)2[Fe(CN)6] ↓
  • Cho'kma mineral kislotalarda eriydi, lekin CH3COOH da erimay­di. Ba2+ va Mn2+ ionlari ham shunga o'xshash cho'kmalar hosil qilib, Sa2+ ni topishga xalal beradi.
  • Reaksiyani bajarish. 1-2 tomchi CaCl2 eritmasiga 2 tomchi NH4Cl va 2 tomchi NH4OH eritmasi qo'shib qizdiriladi, so'ngra unga yangi tayyorlangan K4[Fe(CN)6] ning to'yingan eritmasidan 3-4 tomchi qo'shiladi.

4. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar Ca2+ ioni bilan kalsiy tuzlarining faqat konsentrlangan eritmalaridan cho'kma hosil qiladi, chunki CaSO4 suv va kislotalarda sezilarli darajada eriydi:

  • 4. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar Ca2+ ioni bilan kalsiy tuzlarining faqat konsentrlangan eritmalaridan cho'kma hosil qiladi, chunki CaSO4 suv va kislotalarda sezilarli darajada eriydi:
  • Ca2++SO42- →CaSO4 ↓
  • Bu reaksiyani mikrokristalloskopik reaksiya sifatida o'tkazish maqsadga muvofiq. Bunda mikroskop ostida CaSO4·2H2O ning oson farqlanadigan yirik kristallari hosil bo'ladi. CaSO4 cho'kmasi (NH4)2SO4 da erib, (NH4)2[Ca(SO4)2] kompleksni hosil qiladi. Kalsiy tuzlarining eritmalari bariy tuzlaridan farqli ravishda gipsli suv -CaSO4 bilan cho'kma hosil qilmaydi.
  • 5. Alanga rangining bo'yalishi. Kalsiyning uchuvchan tuzlari gaz gorelkasining rangsiz alangasini g'ishtsimon-qizil rangga kiritadi.
  • II guruh kationlari o`zlarining maxsus reaksiyalari yordamida topiladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling