1-gurux kationlarining reaksiyalari


Rux kationining reaksiyalari


Download 1.83 Mb.
bet13/24
Sana03.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1796974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
1-gurux kationlarining reaksiyalari

4. Rux kationining reaksiyalari Rux tuzlari rangsiz bo'lib, ularga amfoterlik, cho'kmalar va komplekslar hosil qilish reaksiyalari xosdir. 1. O'yuvchi ishqorlar va rux tuzlari ta'sirlashuvidan kislotalar va ishqorlarda eriydigan (amfoterlik tufayli) iviqsimon Zn(OH)2 cho'kma hosil bo'ladi: ZnCl2 + 2KOH→Zn(OH)2↓ + 2KC1 Zn2+ + 2OH-→Zn(OH)2↓ Zn(OH)2 + 2HC1→ Zn2+ + 2C1- + 2H2O Zn(OH)2 + 2NaOH→2Na+ + ZnO22- + 2H2O Reaksiyani bajarish uchun rux tuzi eritmasining 2-3 tomchisiga ishqor eritmasidan tomchilab qo'shiladi, bunda oldin cho'kma tushadi, keyin esa u erib ketadi.

5. Qalay (II) kationining reaksiyalari

  • 5. Qalay (II) kationining reaksiyalari
  • Qalay birikmalarda ikki va to'rt valentli bo'ladi. Qalay tuzi eritmalari rangsiz. Qalay ionlariga cho'ktirish va qaytarish reaksiyalari ko'proq xosdir.
  • 1. O'yuvchi ishqorlar va ammiak Sn2+ ioni bilan ta'sirlashganda, kislotalar va ortiqcha ishqorlarda eriydigan oq rangli amfoter birikma Sn(OH)2cho'kmasini hosil qiladi:
  • Sn2+ + 2OH- →Sn(OH)2↓
  • 3. Sn2+ ta'siridan qaytarish reaksiyalari asosida hosil bo'lgan mahsulotlar yordamida qalay (II) ionni topish mumkin. Ma'lumki, Sn4+/Sn2+ juftning normal potensiali (Eo=0,15 B) uning kuchli qaytaruvchi ekanligidan dalolat beradi.
  • Reaksiyani bajarish uchun probirkaga 2-3 tomchi NaAsO2 eritmasidan solib, unga biroz qattiq NaHCO3 qo'shib, so'ngra yodning spirtli eritmasidan bir tomchi tomizing.

Mishyak (III) kationining reaksiyalari

  • Mishyak (III) kationining reaksiyalari
  • As3+ ioni eritmalarda ko'pincha AsO2 anioni shaklida uchraydi. Eritmaga kislota ta'sir ettirilsa, As3+ kationi hosil bo'ladi. As5+ionini esa faqat AsO43- hosil qiladi va uning suvli eritmasi rangsiz bo'ladi.
  • 1. Kumush nitrat — AgNO3 eritmasiga NaAsO2 tuzi eritmasi qo'shilganda sariq rangli Ag3AsO3 cho'kmasi hosil bo'ladi:
  • NaAsO2- + H2O + 3AgNO3=Ag3AsO3 ↓+ NaNO3 + 2HNO3
  • Cho'kmaga HNO3 va NH4OH ta'sir ettirilsa,
  • [Ag(NH3)2]+ kompleks ionning eritmasi hosil bo'ladi:
  • Ag3AsO3 + 6NH3=3[Ag(NH3)2]+ + AsO3-
  • 2. Yod eritmasi AsO2- ionini neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda AsO43-ionigacha oksidlaydi va yodning qo'ng'ir rangi yo'qoladi:
  • J2 + AsO2 -+ 2H2O=2J- + H2AsO4 + 2H+
  • Reaksiyani bajarish uchun probirkaga 2-3 tomchi NaAsO2 eritmasidan solib, unga biroz qattiq NaHCO3 qo'shib, so'ngra yodning spirtli eritmasidan bir tomchi tomizing.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling