1-gurux kationlarining reaksiyalari


Tajriba qismi. 4.2. Alyuminiy kationining reaksiyalari 1. O'yuvchi ishqorlar


Download 1.83 Mb.
bet12/24
Sana03.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1796974
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
1-gurux kationlarining reaksiyalari

Tajriba qismi. 4.2. Alyuminiy kationining reaksiyalari 1. O'yuvchi ishqorlar alyuminiy ioni bilan ta'sirlashganda avval oq rangli A1(OH)3 cho'kmasi hosil bo lib, ishqor eritmasidan ko'proq qo'shilsa, alyuminiy va alyuminiy gidroksidning amfoterligi tufayli cho'kma erib ketadi: Al(OH)3↓ + OH → A1O2- + 2H2O A1(OH)3 ni to 'la cho'ktirishda eritmaning pH qiymati 5 atrofida bo'lishi kerak. Alyuminiy va A1(OH)3 cho'kmasining amfoterligini tekshirish uchun ko'proq ishqor qo'shib, hosil bo'lgan eritmaga tomchilatib suyultirilgan xlorid kislota eritmasi qo'shilsa, avval A1(OH)3 cho'kmasi hosil bo'ladi, so'ngra ko'proq kislota qo'shilsa, u erib ketadi: A1O2- + H+ + H2O→ Al(OH)3↓ A1(OH)3↓ + 3H+→ A13+ + 3H2O Reaksiyani A1(OH)3 hosil bo'lish bosqichida to'xtatish uchun eritmaning pH qiymatini 5 gacha pasaytiradigan reagent qo 'shish kerak. Sunday reagent sifatida ammoniy xloridni qo'llash mumkin. Eritmadagi ammoniy ion ishqorning OH- ionini biriktirib NH4OH hosil qiladi, natijada pH qiymati -9,2 bo'lgan ammiakli bufer aralashma yuzaga keladi. Bu sharoitda hosil bo'lgan A1(OH)3 cho'kmasi erimaydi. Reaksiyaning ishonchliligini oshirishda aralashma eritmasi muayyan muddat qaynatiladi, bunda ammiak uchib ketadi va eritmaning pH qiymati ko'tarilib ketmaydi.

Reaksiyani bajarish uchun 4-5 tomchi alyuminiy tuzi eritmasiga 1 tomchi 2N NaOH eritmasini tomizing. Hosil bo'lgan loyqa eritmaning bir qismini olib, unga xlorid kislota eritmasidan bir necha tomchi tomizib, loyqaning erib ketishini kuzating. Loyqa eritmaning ikkinchi qismiga ham bir necha tomchi ishqor eritmasidan tomizib ko'ring. Bunda ham loyqa erib ketadi. 3. Xrom (III) kationining reaksiyalari 1. O'yuvchi ishqorlar xrom (III) tuzlari bilan kulrang-binafsha yoki kulrang-yashil rangli Cr(OH)3 cho'kmani hosil qiladi: Ishqor mo'l qo'shilganda cho'kma erib ketadi va och yashil rangli xromit eritmasi hosil bo'ladi: Cr(OH)3↓ + OH-→ CrO2- + 2H2O Aluminatlardan farqli ravishda xromitlar qaynatilganda parchalanib, yana Cr(OH)3 cho'kmani hosil qiladi: CrO2- + 2H2O→ Cr(OH)3↓ + OH- 2. Ammiak eritmasi xrom (III) ioni bilan Cr(OH)3 cho'kmasini hosil qiladi. To'la cho'kish pH~6 bo'lganda amalga oshadi. Ammiakli bufer aralashma muhitida ham to'la cho'kishga erishiladi.


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling