1-gurux kationlarining reaksiyalari


Download 1.83 Mb.
bet11/24
Sana03.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1796974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
1-gurux kationlarining reaksiyalari

Nazorat savollari:

  • 1. Kationlarning xususiy reaksiyalarini bajarishda ularning qanday xossalariga
  • e’tibor berish kerak ?
  • 2. Ba2+ kationi ishtirok etganda Ca+2 va Sr+2 kationlari qanday aniqlanadi ?
  • 3. Aralashmadan Ba+2 kationini qanday yo`qotish mumkin ?
  • 4. Aralashmada Ca+2 va Sr+2 kationlarini qanday ajratiladi ?

laboratoriya ishi III guruh kationlarining xususiy reaksiyalari va kationlar aralashmasi analizi Ajratilgan vaqt - 4 soat Ishdan maqsad: III guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini va kationlar aralashmasi analizi tartibini o`rganishdan iborat. Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi, sentrafuga, asbest, distirlangan suv, probirkalar; NaOH, NH4OH, (NH4)2S, CH3COONa, Na2HPO4, oksixinolin, H2O2, KMnO4 yoki Na2S2O3, Na2CO3, NH4Cl, Na2CO3, K4[Fe(CN)6], K3[Fe(CN)6], SnCl2, Zn metali, J2, HNO3, H2O2, AgNO3, H2SO4, (NH4)2CO3, pikrin kislota-C6H2( NO2)3OH, III guruh kationlarining eruvchan tuzlari. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: III guruh kationlariga Al3+. Cr3+ Zn2+,Sn:2+, Sn4+,As3+,As5+kabi kationlar kiradi, guruh reagenti o`yuvchi ishqorlar bo`lib, ortiqcha ishqor ta’sirida eriydi.

Nazariy qism 4.1. Uchinchi guruh kationlarining reaksiyalari

  • Uchinchi analitik guruh kationlari qatoriga alyuminiy, rux, xrom (III), qalay (III), qalay (IV), mishyak (III), mishyak (V) va boshqa kationlar kiradi. Ular ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti - ammoniy sulfid ta'siridan gidroksid va sulfidlar shaklida cho'kadi. Uchinchi guruh kationlari I va II guruhlar kationlaridan sulfidlarining pH~9,2 bo'lgan sharoitda suvda erimasligi bilan farq qiladi. Bu guruh kationlarining sulfidlari suyultirilgan kislotalar eritmalarida eriydi. Kationlarni ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti bilan qizdirib turgan holda cho'ktirganda alyuminiy, xrom (III) kationlarining gidroksidlari kam eruvchanligi uchun gidroksidlar shaklida cho'kadi. Gidroksidlar shaklida, shuningdek, uchinchi guruh kationlari qatoriga kiradigan, lekin bizning ko'rib chiqish doiramizga kirmaydigan berilliy, sirkoniy, lantan (III), skandiy (III) va boshqa kationlar ham cho'kmaga tushadi. Bundan tashqari, bu kationlar sulfidlari qaytmas gidrolizga uchraydi. Shunday sharoitda qolgan kationlar sulfidlar shaklida cho'kadi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling