1-gurux kationlarining reaksiyalari


Ammoniy kationining reaksiyalari


Download 1.83 Mb.
bet21/24
Sana03.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1796974
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
1-gurux kationlarining reaksiyalari

4. Ammoniy kationining reaksiyalari

  • Ammoniy ionining xlorid, bromid, nitrat, sulfat singari tuzlari suvda yaxshi eriganligi uchun uning reaksiyalarini shu tuzlarning eritmalaridan foydalangan holda o'tkazsangiz maqsadga muvofiqdir.
  • 1. Ishqorlar (NaOH va KOH) ammoniy ioni qo'shib qizdirilganda ammiak gazi ajralib chiqadi:
  • NH4Cl+KOH →KCl + H2O+NH3↑
  • NH4+ + OH- →H2O+ NH3 ↑
  • Ajralib chiqayotgan ammiakni uning hididan yoki ho'l qizil lakmus qog'ozining ko'karishidan bilib olasiz. Bundan tashqari, ammiak ajralib chiqayotgan idishga konsentrlangan HCl bilan ho'llangan shisha tayoqcha yaqinlashtirilganda tayoqcha atrofida oq «tutun» - NH4Cl hosil bo'ladi.
  • Reaksiyani bajarish uchun ammoniy tuzi eritmasining 2-3 tomchisi yoki ozgina ammoniy xloridning quruq tuzi solingan probirkaga 3-4 tomchi kaliy yoki natriy ishqori eritmasi tomiziladi. Agar probirkaning og'ziga ho'llangan qizil yoki binafsha lakmus qog'ozi o'rnatib, probirka suv hammomida qizdirilsa, lakmus qog'oz ko'karadi, bundan reaksiyaning sodir bo'lganligini ko'rasiz.

2. Nessler reaktivi (K2HgJ4+KOH) bilan ammoniy ioni oksodimerkuryodidning qizil-qo'ng'ir cho'kmasini hosil qiladi:

  • 2. Nessler reaktivi (K2HgJ4+KOH) bilan ammoniy ioni oksodimerkuryodidning qizil-qo'ng'ir cho'kmasini hosil qiladi:
  • NH4Cl +2K2[HgJ4]+4KOH→[Hg2NH2O]↓+7KJ+KCl+3H2O
  • yoki ionli tenglama shaklida:
  • NH4++2HgJ2-4+4OH-→[Hg2 NH2 O] ↓+7J-+3H2O
  • Reaksiya juda sezuvchandir. Undan kaliy va natriy ionlarini topishdan oldin eritmada ammoniy ioni borligini tekshirib ko'rish uchun foydalaning. Bu kaliy va natriy ionlari ammoniy ionini topishga xalaqit bermaydi.
  • Reaksiyani bajarishda ammoniy tuzi eritmasining bir tomchisiga 5-6 tomchi suv va 1-2 tomchi Nessler reaktivi qo'shiladi, natijada qizil-qo'ng'ir rangli cho'kma hosil bo'ladi. Ammoniy ioni konsentratsiyasi past bo'lganda, eritma to'q sariq rangga kiradi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling