1-gurux kationlarining reaksiyalari


Litiy kationining reaksiyalari


Download 1.83 Mb.
bet23/24
Sana03.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1796974
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
1-gurux kationlarining reaksiyalari

5. Litiy kationining reaksiyalari

  • 5. Litiy kationining reaksiyalari
  • Litiyning xlorid, nitrat va atsetatlari suvda yaxshi eriydi. Uni topish uchun suvda yaxshi eriydigan tuzlardan foydalanish mumkin.
  • 1. Ammoniy yoki kaliy ftorid litiy ioni bilan oq amorf litiy ftorid cho'kmasi hosil qiladi:
  • LiCl+NH4F →LiF↓+NH4Cl
  • Litiy ftorid cho'kmasi sekin cho'kadi. Bu reaksiya yordamida litiyni aniqlash uchun MeF2 tarkibli cho'kma hosil qiladigan magniy, mis (II), qo'rg'oshin (II) va boshqalar xalaqit beradi, birinchi guruhning qolgan kationlari cho'kma hosil qilmaganligidan litiyni topishga xalaqit bermaydi. Reaksiya pH 9-10 bo'lganda amalga oshiriladi.
  • 2. Kaliy geksatsianoferrat (III) urotropin ishtirokida sarg'ish-qizil rangli cho'kma - Li3[Fe(CN)6]· C6H12N4 ·4H2O hosil qiladi. Ammo magniy birikmalari bu reaksiya yordamida litiyni topishga xalaqit beradi.
  • 3. 8-oksixinolin litiy ioni bilan qizil rangli eritma hosil qiladi.
  • 4. Alanga rangining bo'yalishi. Uchuvchan litiy birikmalari rangsiz alangani qirmizi-qizil rangga (juda seziluvchan) bo'yaydi. Aralashmada natriy ioni bo'lganda natriyning sariq rangi litiy rangini niqoblaganligi uchun alanganing sariq rangni o'tkazmaydigan ko'k rangli yoki kobaltli shisha orqali kuzatish talab etiladi.

6. Oltinchi analitik guruh kationlari aralashmasining analizi

  • 6. Oltinchi analitik guruh kationlari aralashmasining analizi
  • Oltinchi analitik guruh kationlari aralashmasining analizi ammoniy ionini topishdan boshlanadi.
  • 1. Ammoniy ionini topish. Tekshiriladigan eritmaning 4-5 tomchisiga 5-6 tomchi ishqor eritmasi qo'shib qizdirilganda ammiak hidi sezilsa. aralashmada ammoniy ioni bor bo'ladi. Ammoniy ionni Nessler reaklivi yordamida ham tekshirib ko'rish mumkin,
  • 2. Kaliy ionini topish. Tekshiriladigan erititmadan 4-5 tomchi olib, uni NaOH ning 6-7 tomchi 2 N eritmasi bilan qizdirib, eritmadagi arnmiak to'liq haydab chiqariladi. So'ngra eritmaga bir necha dona Na3[Co(NO2)6] kristallari yoki uning yangi tayyorlangan eritmasi qo'shiladi. Agar sariq rangli cho'kma tushsa. tekshirilayotgan eritmada kaliy ioni mavjud bo'ladi,
  • 3. Natriy ionini topish. Tekshiriladigan eritmadan 4-5 tomchi olib, uni KOH ning 6-7 tomchi 2 N eritmasi bilan qizdirib, eritmadagi ammiak to'liq haydab chiqariladi. So'ngra shu eritmaga 5-6 tomchi KH2SbO4 eritmasi qo'shib, vodoprovod jo'mragi ostiga sovuq suvga qo'yib probirka devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalanganda, oq cho'kma tushsa. eritmada natriy ioni mavjuddir.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling