Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga Vitaminlarni sevaman, sog‘lom bo‘lishni xoxlayman!, Sog‘lom turmush tarzi haqida, Tozalik va gigiyena haqida, Sog‘lig‘inga nimalar xavf solishi mumkin mavzular asosida, sheʼrlar, topishmoqlar yodlatildi va o‘rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Rasmlar, albomlar, maxsus idishlar, bo‘yoqlar, va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga Mikroblar bilan kurashda yordamchilar, Suv bilan tajribalar mavzulari asosida tajribali faoliyatlar va mashg‘ulotlar o‘rgatildi.
Sanʼat markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga Foydali va zararli ovqat, Sog‘lig‘inga nimalar xavf solishi mumkin mavzulari bo‘yicha bo‘yoqlar,mo‘yqalamlar, qalamlar, qog‘oz, qaychi, yelim, plastilin kabi resurlardan foydalangan holda faoliyatlar olib borildi.
2-hafta mavzusi: “Qum va suv xaftaligi”kuni(_____ 20___yildan, _____ 20___yilgacha)
Xafta kunlari davomida Dushanba kuni-“Dengiz to‘lqinlandi bir” suv bayrami, Seshanba kuni-“Majburiy ta’lim buloqdan daryo boshlanadi”, Chorshanba kuni- Suv bilan tajribalar kuni, Payshanba- Qum kuni, Juma kuni- Suv va sovun puffakchalari bilan o‘ynash kuni mavzulari asosida faoliyatlar olib borildi.
Qurish-yasash va matematika markazida: Tarbiyalanuvchilarga resurslardan foydalanib bolalarga Kemacha Origami mavzulari asosida qurilish materiallaridan bog‘da, qushlar uchun uycha qurish va yasash o‘rgatildi va qurilish rejalashtirib yasaldi.
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida: Niqoblar, kiyimlar, otributlar, sharbatlar va boshqa resurslardan foydalanib Kemada sayyoxat, Suvda oilaviy musobaqalar va o‘yinlar mavzulari asosida bolalar bilan syujetli o‘yinlar o‘ynaldi.
Til va nutq markazida: Suv qirolligiga sayyoxat, Qum va loy xususiyatlari haqida mavzulari asosida bolalarni til va nutqlari riqvojlantirildi. Syujetli rasmlar, materiallardan foydalanib mavzuga mos xikoya va sheʼrlar yodlatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |