1. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani dasturi Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari


Download 201.31 Kb.
bet4/8
Sana20.01.2023
Hajmi201.31 Kb.
#1103952
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hayot xavfsizligi 8

Aprior uslubda tadqiqotchi tahlil qilinadigan tizim uchun potensial mumkin bo‘lgan xavfni (ko‘ngilsiz hodisani) belgilaydi va ushbu xavf ta’sirida yuzaga keladigan boshqa xavflar ketma ketligini o‘rganadi yoki ushbu ko‘ngilsiz hodisaga olib keluvchi holatlar, sabablar turini aniqlaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga oshmasdan oldin mantiqiy tahlil qilish orqali bajariladi.
Aposterior uslub faoliyat amalga oshgach ya’ni, hodisa sodir bo‘lgach bajariladi. Bunda ushbu ko‘ngilsiz hodisaning izi asosida uning sabablari aniqlanadi va tahlil natijalari bo‘yicha kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning rejasi ishlab chiqiladi.
Bu ikkala uslub mos holda to‘g‘ri va teskari uslub ham deb yuritiladi. To‘g‘ri uslubda ko‘ngilsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar va xavf turlari o‘rganilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar oldindan tahlil qilinadi. Teskari uslubda esa sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar o‘rganilib, uning sabablari aniqlanadi. Birlamchi hodisalarning paydo bo‘lish ehtimolligi va chastotasini bilgan holda, pastdan yuqoriga harakatlanib, asosiy hodisaning yuz berish ehtimolini aniqlash mumkin.
2. Iqtisodiy va ijtimoiy xavflar tahlili
Boshqa xavflar kabi, iqtisodiy xavflar ham jamiyatga moddiy ziyon yetkazuvchi omillar hisoblanib, ular natijasida insonlar qashshoqlashuvi, davlat katta talofat ko‘rishi mumkin. Deyarli barcha xavf turlari bevosita iqtisodiy xavflarni ham olib kelishi mumkin. Masalan, bir korxonada antropogen xavf, ishchilar e’tiborsizligi tufayli yong‘in paydo bo‘ldi deylik, natijada, ish ob’ektlari yaroqsiz holga kelishi, korxona katta zarar ko‘rishi mumkin. Bu esa korxonada iqtisodiy xavfni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu, davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng ko‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig‘indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo‘qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud:
- ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik;
- sanoat sohasidagi xavfsizlik;
- oziq-ovqat xavfsizligi;
- demografik xavfsizlik;
- moliyaviy xavfsizlik;
- axborot xavfsizligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xavfsizlik va h.k.
Iqtisodiy xavfsizlikka bo‘ladigan tahdidlar – mamlakatdagi iqtisodiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklab qo‘yadigan, milliy qadriyatlar va hayot tarziga xavf soladigan hodisa va jarayonlardir. Odatda iqtisodiy tahdidlar umumlashtirilgan holda ichki va tashqi tahdidlarga ajratilib o‘rganiladi.
Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar:
- mamlakat iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanganligi va tarkibiy deformatsiyaning kuchayishi;
- milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi;
- iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;
- yuqori darajadagi inflyatsiya;
- mineral – xom ashyo bazalarining kam o‘rganilganligi;
- mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yo‘nalishlarida ilg‘or o‘rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat nufuzi va obro‘- e’tiborining tushib ketishi;
- infratuzilmaning rivojlanmaganligi;
- ichki bozorlardan milliy tovarlarning chet el tovarlari tomonidan siqib chiqarilishi;
- hududiy separatizm va lobbizmning yuqoriligi;
- investitsion faollikning pasayishi;
- ijtimoiy ziddiyatlar kelib chiqish xavfining mavjudligi;
- qonunchilikning rivojlanmaganligi, huquqiy, moliyaviy intizom pastligi;
- iqtisodiyotning kriminallashuvi, boshqaruvda korrupsiyaning kuchayishi;
- daromadlarni yashirish, soliq to‘lashdan qochish hollarining ko‘payishi;
- moliyaviy mablag‘larning chet ellarga noqonuniy tarzda o‘tkazilishi.
Tashqi tahdidlar jumlasiga esa quyidagilar kiritiladi:
- eksport tarkibida xom ashyo mahsulotlarining ustuvorligi;
- mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog‘liqligi;
- import tarkibining ratsional emasligi;
- tashqi qarzlarning o‘sib borishi;
- eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi;
- eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivojlanmaganligi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo‘nalish bo‘lib, mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ekologik halokatlardan himoya qilish kabi yo‘nalishlar bilan bir qatorda turadi.






Download 201.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling