Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar. Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatligiga zarar etkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat: -yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo`lishi; -bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha bo`lishi hamda gigiena talablariga mos kelishi; -ish joyida to`g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo`lmasligi; -me`yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o`rnatilishi; -xavfli ish o`rinlari yuqori darajada yoritilgan bo`lishi; -yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya`ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo`lmasligi; -nazorat o`lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi; -yoritilish bir tekis va turg’un bo`lishi, soyalar hosil qilmasligi kerak. Aks holda inson ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgarib turishi natijasida, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. YOritgich lampalari yorug’lik tarqatish xususiyatiga ko`ra uch sinfga bulinadi: - to`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi; - nur yoyuvchi; - nur qaytaruvchi lampalar.
Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. SHovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir. Me`yordan yuqori, uzoq ta`sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir. Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit beradigan tovushlarga shovqin deb ataladi. Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog’ligiga salbiy ta`sir ko`rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |