1. Hid bilish analizatori Ko’rish
Download 0.76 Mb.
|
Ko’rish analizatori Ta’m bilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri gigiyenasi
Taktil analizatorlari.
Sezgi a’zolariga tananing barcha sohasida joylashgan retseptorlar va muskullar, qon tomirlar devoridagi retseptorlar va boshqalar kiradi. Analizatorlarning miya po’stlog’idagi qismi shikastlansa yoki olib tashlansa, ta’sir murakkab analiz va sintez qilinmaydi. Masalan, miya po’stlog’idagi eshitish analizatorlari joylashgan chekka qismi olib tashlansa, ta’sirning nozik tabaqalanishi yo’qoladi. Asab tizimining faoliyati uchun tashqi mo’hit omillari va boshqa ta’sirotchilar doimiy ravishda butun organizmga ta’sir qilib turishi kerak. Ko’pgina sezgi organlarining shikastlanishi natijasida ta’sirning ular orqali bosh miyaga yetarli kelmasligi tufayli odam aktiv faoliyatini yo’qotadi, doimo uxlaydi, bunday odmani saqlanib qolgan sezgi organlariga ta’sir etish bilangina uyg’otish mumkin. Tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, sensor ta’sirotning yo’qolishi diqqatni to’plash, mantiqiy fikrlash, aqliy mehnat qilish xususiyatlariga salbiy ta’sir etadi. Sezgi a’zolari orqali ta’sirni tashqi muhitdan, ichki organlardan retseptorlar bo’ylab qabul qilinishi tufayli organizmning tashqi va ichki muhiti haqidagi ma’lumotlar bosh miyaga yetib boradi. Axborotning retseptorlardan bosh miyaga borishi natijasida organizm o’z-o’zini boshqaradi. Masalan, qonning tarkibi o’zgarsa, shunga yarasha qon tomirlar devorida qo’zg’alish, tormozlanish vujudga keladi. Organizmning sensor tizimlari yoki analizatorlariga ko’rish, eshitish, vestibulyar apparat, ta’m bilish, hidlash, teri va ichki organlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni qabul qiladigan interoretseptorlar yoki visseral sensor tizimlar kiradi. Teri gigiyenasi Donishmand xalqimizning maqoliga ko’ra, teri sog’liq oynasidir. Uning funksiyalari normal o’tishi uchun teri doim toza bo’lishi zarur. Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzluksiz po’st tashlab, yangilanib turadi. Bir kecha-kunduzda teri yuzasida 10-15 g epidermis hujayralari chiqindisi hosil bo’ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terining ustki qavatidan ajralgan po’st chiqindilari ter va yog’ bezlari suyuqligi bilan qo’shilib, teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog’ bezlari suyuqlik chiqaradigan naychalar berkilib qoladi. Buning oqibatida terining nafas olish, ayirish, tana harorati doimiyligini ta’minlash buziladi. Bundan tashqari, teri kirlanishida kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar yashashi va ko’payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ma’lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli u jarohatlanadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini qashigan vaqtda undagi mikroblar tirnoq tagiga kirib qoladi va qo’l sovunlab yuvilmasa, ovqat iste’mol qilganda ular hazm organlariga kirib, oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Terini toza saqlash gigiyenik madaniyatning asosiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi, bolani yoshligidan qo’lini sovunlab yuvishga o’rgatish lozim. Qo’lni ovqatlanishdan oldin, xojatxonadan chiqqanidan so’ng albatta sovunlab yuvish kerak, yuz, bo’yin sohalarni har kuni ikki marta - ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim; haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Teri kasalliklarini tarqatmaslik uchun har bir bolaning sochig’i, mochalka, tarog’i, ich kiyimlari, paypog’i shaxsiy bo’lishiga e’tibor berish kerak, Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling