1. Hid bilish analizatori Ko’rish


Download 0.76 Mb.
bet14/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1585970
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ko’rish analizatori Ta’m bilish

Teri kasalliklari. Qo’tir - teri kasalligi bo’lib, uni qo’tir kanallari paydo qiladi. Kana teriga kirib, o’ziga yo’l ochadi va badanni xaddan tashqari qattiq qichishtiradi, qichishish issiq paytda va kechasi kuchayadi. Teri qishinish jarayonida tirnalib, o’sha joylarida ba’zan ekzema, yiringli toshmalar, chipqonlar paydo bo’ladi. Odamga ko’tir kasalligi hayvonlardan, kishilarga yaqin bo’lganda yoki o’sha kishilarning buyumlaridan yuqadi.
Kal va temiratki zamburug’lar qo’zg’atadigan kasallik bo’lib, teri va sochlarni, gohida tirnoqlarni shikastlantiradi. Bu kasalliklar juda yuqumli bo’lib, uzoq vaqtgacha davolanishni talab etadi. Kal va temiratka kasalligini qo’zg’atuvchilari kasal uy hayvonlari, mushuk, it, quyon va boshqa hayvonlarning junida bo’ladi. Kasallar darhol kasalxonaga yotqiziladi.
Teri va soch kasalliklarini oldini olish badan terisi, ichki va tashqi kiyimni ozoda saqlashga doir gigiyena chora-tadbirlariga amal qilinishi talab qilinadi.
Epidermofitiya kasalligi. Epidermisning shox qavatida parazitlik qilib yashaydigan va junga ta’sir qilmaydigan har xil turdagi zamburug’lar keltirib chiqaradi. Bu kasallikda oyoq gumbazlari, barmoqaro burmalar, chov burmalari terisi va boshqa joylar terisi shikastlanadi. Kasallik qichish bilan davom etadi. Terlash kuchayib shox qavati uvalanib turadi. Shuning natijasida kasallik qo’zg’atuvchilarining chuqurroq kirishi va ko’payishiga qulay sharoit tug’iladi.
Badanning qichishib turadigan joylarida suv bilan to’lib, bir-biriga qo’shilib ketishiga moyil bo’ladigan yaltiroq pufakchalar yuzaga keladi. Ular yorilib, bezillab turadigan katta-katta eroziya qoldiradi.
Kasallik surunkasiga davom etadi va davo hamisha ham samara beravermaydi. Tavsiya qilinganidek avvaliga qichishish va og’riq bartaraf qilinadi, so’ngra esa parazit yo’qotiladi.Kasallikning oldini olish shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Kiyim va poyafzalga bo’lgan gigiyena talablari. Odamning kiyimi va poyabzali yil fasllariga mos bo’lib, havoni yaxshi o’tkazish xossasiga ega bo’lishi kerak. Sintetik materiallardan tikilgan kiyim, rezinadan tayyorlangan poyabzallar havo o’tkazmaydi. Shuning uchun, ter bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bug’lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyim, paypoq ho’l bo’lib, bola shamollab qolishiga sabab bo’ladi. Shunga ko’ra, ayniqsa O’zbekistonning issiq iqlim sharoitida sintetik materiallardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal kiyish gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni faqat mashg’ulot vaqtida kiyish mumkin. Issiq sharoitda yoz oylarida ip gazlamadan tikilgan kiyim, qish faslida yesa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo’ladi. Poshnasiz poyafzal (kalish, shippak, slans, keda, krassovka kabilar)ni butun kun davomida uzoq muddat kiyish yaramaydi, chunki yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ularni qisqa vaqt kiyish mumkin. Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. O’quvchi qizlar uzoq vaqt baland poshnali poyafzal kiyishi natijasida ularning umurtqa pog’onasi va chanoq suyaklari egrilanib qolishi va yassioyoqlik yuzaga kelishi mumkin. Qizlar poyafzalining poshnasi enliroq, balandligi 2-3 sm dan oshmasligi lozim. Tor poyafzal oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi, shuning uchun, odam tez charchaydi, qish vaqtida bunday poyafzal oyoqning sovuq olishiga sabab bo’ladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling