1. Hikoya mazmunli matnlar


Hudhudning Tovusga javobi


Download 123.5 Kb.
bet2/3
Sana14.02.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1195906
1   2   3
Bog'liq
matnlar topsh

Hudhudning Tovusga javobi. Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi:
- Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qo‘lidangina kela oladi, xolos. Odam degan tashqi go‘zallik haqida so‘z aytmaydi. Kimki undan faxr etar ekan, uni odam qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaxshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma’no tomon olib boradi. Sen o‘z shaklingga bino qo‘yding, buning uchun kishilar tomonidan masxara etilishga loyiqsan. CHunki, inson o‘z tashqi go‘zalligi bilan faxrlanmaydi, agar faxrlansa, u masxaralanishga sazovordir! (Alisher Navoiy)
***
Donishmand debdiki: har qanday yaxshi qonunning muqaddimasi, shuningdek, xotimasi ham shundan iboratkim, har bir inson bir burda nonini yaxshi mehnati bilan topa olsin va ayni choqda mehnatiga loyiq yaxshi non ola olsin (T.Malik).
***
Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas,
Vatandin ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas (A.Oripov).4

Didaktemalarni keltirishdan asosiy maqsad shu orqali pand-nasihat berish, muammoli masalani echishga ko‘maklashish, qandaydir murakkab vaziyatdan chiqish yo‘llarini ko‘rsatish, to‘g‘ri yo‘lni topishda keltirilgan misoldan ibrat chiqarishga da’vat qilish yohud bo‘lib o‘tgan voqeaga munosabat bildirishdan iborat. Lingvopoetik tahlilda didaktemalarning estetik mohiyati muhim hisoblanadi.


Xabar mazmunidagi matnlar


Masalan, Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romani yakunida shunday bir xabarni keltiradi:
Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar.
Bu ham xabar mazmunli matn hisoblanadi. Lekin asar ichida emas balki, ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan olinganligini ta’kidlash, bunga kitobxonni ishontirish istagi bilan kiritilgan.

Buyruq mazmunidagi matnlar


Odat. Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, xayron bo‘lmang. Bo‘yinbog‘ingizni echishga ko‘maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko‘rsa, hayron bo‘lmang. Majlisda nima masala ko‘rilganini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Kimning yonida o‘tirganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Telefoningiz rangi qanaqaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Necha kishi qo‘ng‘iroq qilganini so‘rasa hayron bo‘lmang. Qaerda tushlik qilganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Bufet nechanchi qavatdaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Nima ovqat eganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Sizga choyni qaysi qo‘li bilan uzatganini so‘rasa, hayron bo‘lmang! Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so‘rasayam hayron bo‘lmang. Qiziquvchanlik – ayolning tabiiy odati! (O‘.Hoshimov)
***

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling