1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Download 106.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot man
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR RO’YXATI
Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Auditor tekshiruv chog’ida hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy hatolar yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Dalil-isbotlarni to’plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. Auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi. Ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi Me’yoriy hujjatlar paketi auditor tomonidan mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo’llaniladigan hisob shakliga (jurnal-order, memorial-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) bog’liq. Masalan, buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK, 8ASK va 10-ASK jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) shaklida – 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’nak», 6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umum xo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar», 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar», 6870-»Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710- «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» va 4790-»Xodimlarning boshqa qarzlari» schyotlari bo’yicha debet va kredit oborotining mashinagrammalari tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda asosiy ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Jumladan, xodimlar va yollangan shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: ishga qabul qilish va boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi, ta’tilga chiqarish to’g’risidagi, mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi buyruqlar; kontraktlar, mehnat shartnomalari; shtatlar jadvali; shaxsiy kartochkalar(T-2sh); ish vaqtini hisobga olish tabeli(T-13sh); mehnatga layoqatsizlik varaqasi; hisoblashuv-to’lov vedomosti(T-49sh); hisob-kitob vedomosti (T-51sh); to’lov vedomosti (T-53sh); shaxsiy hisob varaq (T-54sh); ijro varaqalari; daromad va daromad solig’ini hisobga olish bo’yicha soliq kartochkasi; - ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirishda: «Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari bo’yicha hisob-kitoblar vedomosti» (F. 4-ISJ), «Ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi ma’lumotlari», «Sug’urta qildiruvchiga xabarnoma», «Ijtimoy sug’urta jamg’armasiga o’tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalarni to’lash bo’yicha vedomost»; -hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: bo’nak (avans) hisoboti; xizmat safari guvohnomasi; xizmat safariga boruvchi va keluvchi xodimlarni ro’yxatga olish daftari; 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970 – «Hisobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo’yicha inventarizatsiya ro’yxatlari; -Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda: kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat; qarz shartnomasi; moddiy zararni qoplash to’g’risidagi buyruq (farmoyish); sud qarori; ijro varaqalari; to’lov topshiriqlari; kassa kirim orderlari. Dastlabki hujjatlarni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini ham aniqlashi zarur. Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ushbu muomalalarni hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni nazarda tutadi. Bunda xodimlarni ishga yollash va ishdan bo’shatishda qonunchilikka rioya qilinishini, ro’yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat vazifalarini, ish vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam to’g’risidagi nizomlarga rioya qilinish va boshqalarni aniqlaydi. Auditor ichki nazoratning holatini o’rganganidan so’ng («a’lo», «yaxshi», «o’rta») ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini aniqlaydi. Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol etkazib beruvchilar va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan, mustaqil balansga ajralib chiqqan bo’linmalar, shu’ba va tobe korxonalar bilan, ssudalar bo’yicha banklar soliqlar va boshqa yig’imlar bo’yicha byudjet bilan hamda byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan shuningdek, da’volar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. Korxonaning to’lov layoqati, moliyaviy ahvoli va investitsion muhiti ko’p jihatdan ushbu hisob-kitoblarning holatiga bog’liq. Tashqi hisob-kitoblarning ahvoli to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining aniqligiga ishonch hosil qilish barcha hisobot talabgorlari uchun zarurdir. Shu boisdan, auditor tashqi hisobkitob muomalalarining holatini maxsus puxta tekshiruvdan o’tkazishi lozim. Tashqi hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad tashqi hisob-kitoblarga doir majburiyatlarni (debitor va kreditor qarzlarni) aks ettiradigan buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligi, hamda qo’llanilayotgan hisob yuritish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirishdan iborat. Tashqi hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun har xil usullar va axborot manbalaridan foydalanib, isbot-dalillarga ega bo’lish zarur. Tashqi hisob-kitob muomalalarini tekshirish chog’ida auditor quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan, asosiy me’yoriy hujjatlar; hisob siyosati to’g’risidagi buyruq; buxgalteriya hisobotlari; korxonada tuzilgan, tashqi hisob-kitob muomalalarining sintetik va analitik hisobi registrlari; tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan dastlabki hujjatlar. Korxonaning hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruq bo’yicha auditor quyidagilar bilan tanishadi: tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda qo’llaniladigan ishchi schyotlar rejasi; buxgalteriya hisobining shakli va korxonada tuziladigan hisob registrlarining ro’yxati; tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan dastlabki hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi); tashqi hisob-kitob muomalalari rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolash huquqi berilgan shaxslar ro’yxati; tashqi hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish. A uditor buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktividagi II-«Joriy aktivlar» bo’limi ma’lumotlar筓 an «Debitor qarzlar» moddasi va passividagi II - «Majburiyatlar» bo’limi ma’lumotlaridan «Kreditor qarzlar» moddasi bo’yicha qarzdorliklarning ahvolini aniqlaydi. «Debitor va kreditor qarzlarning holati to’g’risida ma’lumotnoma» (2ashakl)ga muvofiq uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzdorliklarning hisobot davri boshiga va oxiriga bo’lgan holati va harakati («muddati o’tib ketganlari» ajratib ko’rsatilgan holda) aks ettiriladi. Tekshiruv o’tkazish jarayonida buxgalteriya hisobining korxonada qo’llaniladigan shaklidan kelib chiqqan holda har xil sintetik va analitik hisob registrlari taqdim qilinishi mumkin. Tekshiruv uchun zarur bo’lgan hisob registrlarining ro’yxati hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda belgilangan bo’lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo’llaydigan korxona va tashkilotlarda tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda «Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar»ga muvofiq №6, 8 va 11- jurnal-orderlar ishlatiladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4210, 4310, 4320, 4410, 4510, 4550, 4610, 6410, 6450, 6310, 6320, 6390, 6510, 6530, 6810-6890, 6520 schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlar hamda qoldiqlarining bosmadan chiqarilgan varagi, analitik vedomostlar va Bosh daftar (oborot-qoldiqli vedomost), realizatsiyaga doir reestrlar va daftarlardan foydalaniladi. Shuningdek, auditor tashqi hisob-kitob muomalalarini rasmiylashtirish va aks ettirish bo’yicha dastlabki hujjatlarni talab qilib olishi zarur. Masalan, shartnomalar (oldi-sotti, etkazib berish, komissiya, pullik xizmat, pudrat va hokazo), nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, schyotlar, schyot-fakturalar, jo’natuvchi hujjatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, bank hujjatlari (bank ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari, cheklar reestri), kassa hujjatlari (kassa chiqim orderlari va kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari), avizolar, xaridorlar, mol etkazib beruvchilar va boshqa debitor hamda kreditorlar bilan hisobkitoblarni inventarizatsiya qilish dalolatnomasi (inv-17 shakl). Tashqi hisob-kitob muomalalari ustidan o’rnatilgan ichki nazoratni baholash uchun auditor quyidagilarni aniqlaydi: hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish tartibi, muddatlari va natijalari; * hujjatlar aylanish grafigining mavjudligi va unga rioya qilinishini nazorat qilish; to’lovlar va hisob-kitoblar holati hamda boshqalar ustidan nazorat qilish shakllari, muddatlari va ijrochilari. «Debitor va kreditor qarzlarning holati to’g’risidagi ma’lumotnoma» (2ashakl) ma’lumotlariga muvofiq muddati o’tgan debitor va kreditor qarzlar miqdori, debitor qarzlarning moliyaviy natija hisobiga hisobdan o’chirilishi, shuningdek eng katta miqdordagi qarzdor debitor-tashkilotlar ro’yxati aniqlanadi. Tekshiruv jarayonida ushbu ma’lumotlarning haqqoniyligini isbotlash va muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish imkoniyatini aniqlash zarur. Analitik va sintetik hisob registrlari ma’lumotlariga muvofiq auditor quyidagilarni aniqlaydi: hisob-kitob munosabatlari va ularning soni; qo’llaniladigan to’lov shakllari (naqd pulsiz, naqd pullik, o’zaro qarz surishish yo’li bilan, bevosita tovar yoki mahsulot almashish yo’li bilan); * analitik hisobni yuritish tartibi (hisob-kitob turlari, ishtirokchilari, vujudga kelish muddatlari va shunga o’xshash); nostandart buxgalteriya yozuvlari. Hisob-kitob munosabatlarining ishtirokchilari ko’p va to’lovlar shakllari xilma-xil bo’lganida auditorlik risk kuchayib, buni mazkur soha bo’yicha tanlab tekshiriladigan hisob-kitob shakllari va to’lov turlarini aniqlashda e’tiborga olish lozim. Tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishning ahvolini baholash hisobkitoblarning turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bevosita tekshirish buxgalteriya balansi, Bosh daftar 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4310, 4320, 4390, 4510, 4550, 4610, 6010, 6020, 6110, 6120, 6410, 6450, 6310, 6320, 6390, 6510, 6520, 6530, 6810-6890 schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlarining mosligini aniqlashdan boshlanadi. Tekshiruv chog’ida quyidagi qoidalarga rioya qilinishiga e’tibor beriladi: hisob-kitob schyotlari saldolarining balansda yoyiq holda aks ettirilishi; shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratilgan debitor qarzlar rezerv hisobidan kamaytirilishi lozim. Ayni vaqtda tegishli hisob-kitob schyotlari bo’yicha analitik hisob ma’lumotlariga asosan debitor qarzlarning «muddati o’tganlari» ajratib ko’rsatilgan holda uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlarga guruhlanishining to’g’riligi tekshiriladi. Hisobot tuzish talablaridan kelib chiqqan holda qaytarish muddati bir yildan oshiq qarzlar uzoq muddatli qarzlar qatoriga kiradi. Aniqlangan nomuvofiqliklar bo’yicha tafovutlarning katta-kichikligi, tavsifi va vujudga kelish sabablari aniqlanadi. Qarzdorliklarning haqqoniyligini aniqlash uchun inventarizatsiya ma’lumotlari hisob-kitoblarning har bir turi bo’yicha tahlil qilinadi. Hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish ma’lumotlari bo’lmaganda yoki, agar inventarizatsiya ma’lumotlari shubhali bo’lsa, auditorlar vaziyat taqozosiga ko’ra yoppasiga yoki tanlab inventarizatsiya o’tkazadilar. ADABIYOTLAR RO’YXATIO’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuni asosidagi o’zgartirishlar bilan) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» Nizom. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b. Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов, Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б. Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с. Аудит: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям / под ред. В.И Подольского. М.: – “ ЮНИТИ – ДАНА”, – 2009 г. – 744 стр. Жминько С. Внутренний аудит. – Ростов н/Д: “Феникс ”, 2008 г. –316 стр. Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling