1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari
- Buxgalteriya balansini tuzish va topshirish tartibi
Download 89.22 Kb.
|
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari (1)
12- Buxgalteriya balansini tuzish va topshirish tartibi
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyati davomida ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini olib boradi va bu jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi mablag‘lar holatida tegishli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri baholash, ularning to‘liqligini ta’minlash, birinchidan, xarajatlarni kamaytirish imkonini bersa, ikkinchidan, moliyaviy barqarorlik darajasini mustahkamlaydi. Buxgalteriya balansini tuzishdan asosiy maqsad, birinchidan, mablag‘lar holatini belgilangan sanaga bo‘lgan o‘zgarishlarini bilish bo‘lsa, ikkinchidan, faoliyat ko‘rsatish davomida ishlab chiqarishni bir me’yorda tashkil qilishni ta’minlashdir. Buxgalteriya balansi yordamida u yoki bu mablag‘ga bo‘lgan talab o‘rganiladi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona, tashkilot, muassasa O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunlarga asosan choraklik, yillik buxgalteriya hisobotini tuzadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil topgan korxonalar yillik moliyaviy hisobot topshiradilar. Choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligining 1997-yil 15- yanvardagi 5-son buyrug‘ida korxonalarning choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azishtartibi belgilangan. Hisobotlar quyidagi shakllardan iborat. Yillik hisobot uchun: 1. „ Buxgalteriya balansi“ shakli. 2. „ M oliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot“ shakli. 2a. „ Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma“ shakli. 3. „ Asosiy vositalarning harakati haqidagi hisobot“ shakli. 4. „ Pul oqimlari haqidagi hisobot“ shakli. 5. „ Xususiy kapital haqidagi hisobot“ shakli. 6. Hisobotga doir tushuntirishlar. Yarim yillik hisobot uchun: 1. „ Buxgalteriya balansi“ shakli. 2. „ M oliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar“ shakli. 2a. „ Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma“ shakli. 3. „ Pul oqimlari haqidagi hisobot“ shakli. Choraklik hisobot uchun: 1. „ Buxgalteriya balansi“ shakli. 2. „ M oliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar“ shakli. 2a. „ Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma“ shakli. Korxonalarning (kichik korxonalardan tashqari) yillik buxgalteriya hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinadi. Unda hisobot yilida korxona faoliyati pirovard natijalariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, korxona moliyaviy holati hamda korxona yillik hisoboti muhokamasi bo‘yicha qabul qilingan qaror va sof foydani taqsimlashi o‘z aksini topadi. Download 89.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling