O’zbekistonda sertifikatlashtirish tizimi va sertifikatlashtirish tartibi Reja


Download 21.6 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi21.6 Kb.
#1040528
  1   2   3
Bog'liq
Standartdan mustaqil ish


O’zbekistonda sertifikatlashtirish
tizimi va sertifikatlashtirish tartibi

Reja:
1.O’zbekistonda milliy sertifikatlashtirish tizimi
2. Sertifikatlashtirishni o’tkazish bosqichlari
3. O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi
4. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi umumiy qoidalari


O’zbekistonda milliy sertifikatlashtirish tizimi
O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimining quyidagi sertifikatlashtirish turlari amalga oshiriladi: - majburiy sertifikatlashtirish; - ixtiyoriy sertifikatlashtirish. Majburiy sertifikatlashtirishga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maxsus ro’yxatga kiritilgan, ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan, sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlar kiradi. Yuqoridagi ro’yxatga, fuqarolarning hayoti, sog’lig’i va mulkining xavfsizligini, atrof muhitni muhofaza qilish, o’zaroalmashinuvchanlik va moslashuvchanlikni ta’minlash bo’yicha me’yoriy hujjatlarda talablari belgilangan, mahsulotlar yoki xizmatlar kiritiladi. Bu ro’yxatdan tashqari Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan Qonunlarga asosan, Prezident farmonlariga asosan ma’lum xizmatlar va mahsulotlar uchun ham xuddi shunday talablar qo’yilishi mumkin.
1. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishga O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, hamda xukumat qarorlariga asosan ro’yxatga kiritilmagan xizmatlar yoki mahsulotlar kirishi mumkin, bu vaqtda ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi yoki iste’molchilar keyinchalik - so’rovchi tashabbusi bilan ixtiyoriy tartibda sertifikatlashtirilishi o’tkaziladi.
Sertifikatlashtirishni o’tkazish bosqichlari
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari surovchi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi bo’yicha aniqlangan tizim doirasida olib boriladi. Sertifikatlash-tirish tartibi va uning o’rnatilgan qoidalari mavjud bo’lib, sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlari sertifikatlashtirish ob’ekti va turlariga bog’liq bo’lmay o’zgarmas jarayondir. Odatda qubul qilingan va umumiy sertifikatlashtirish jarayonining umumiy sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Buni quyidagi beshta asosiy bosqichga bo’lishimiz mumkin: 1. Sertifikatlashtirishga ariza. 2. Sertifikatlashtirish bo’yicha qaror qabul kilish. 3. Sertifikatlashtirish ob’ektini muvafiqligini o’rnatilgan talablar bilan baholash 4. Muvofiqlikni baholash natijalarini tahlili va uni rasmiylashtirish. 5. Sertifikatlashtirish ob’ekti ustidan inspektsiya nazorat.

Download 21.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling