1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari
- Buxgalteriya hisobining registrlarini yuritish tartibi
Download 89.22 Kb.
|
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari (1)
34- Buxgalteriya hisobining registrlarini yuritish tartibi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatida tegishli mablag‘lar harakatini amalga oshiradilar va har bir mablag‘ning harakati tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgandagina qonuniy deb hisoblanadi. Hujjatlar o‘z ifodasini topgan xo‘jalik operatsiyalari, tegishli hisob registrlarida ko‘rsatiladi. Hisob registrlari ko‘rinishiga qarab kitob (daftar) yoki kartochka, ayrim varaqalar shaklida bo‘lishi mumkin. Hisob registrlari yozuvlari xronologik, muntazam kombinatsiyalashtirilgan holda yuritiladi. Xronologik registrlarda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari ro‘yxatga olinadi. M isol uchun, memorialorder shaklida qo‘llaniladigan xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish jurnalini nomerlashimiz mumkin. Bu jurnaldagi yozuvlarda xo‘jalik operatsiyalariga berilgan provodkalar bilan to‘liq rasmiylashtirilgan ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topadi. Muntazam registrlarda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari, berilgan buxgalteriya provodkalarining iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlash imkonini beradi. Misol uchun, jurnal-orderlardagi yozuvlarni keltirishimiz mumkin. Amalga oshirilgan operatsiyalar turlari bo‘yicha, ya’ni, „ Kassa“ , „ Hisob-kitob“ schoti bo‘yicha alohida-alohida hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida xronologik registrlardagi yozuvlar muntazam registrlarda ko‘rsatilishi mumkin. Xronologik va muntazam registrlarda, asosan, sintetik schotlarning ko‘rsatkichlari idora etiladi. Kombinatsiyalashtirilgan registrlarda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari bir registrning o‘zida ko‘rsatiladi. Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni shundaki, uning yordamida korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati nazorat qilinadi va iqtisodiy tahlil uchun ma’lumotlar umumlashtiriladi. Hisob registrlarini to‘g‘ri yuritish hisobotlarning belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobi registrlarida xo‘jalik operatsiyalarini yozish bevosita hujjatlar bilan asoslangan holda olib boriladi, hisob registrlari hujjatlardagi xo‘jalik operatsiyalarini tegishli paytlarda ikki yoqlama yozuv asosida olib borish asos hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi registrlari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, tegishli talablarga javob berishi kerak. Xo‘jalik operatsiyalarining hisob registrlariga yozish tegishli tayyorgarlik ishlarini talab qiladi. Bunday tayyorgarlik ishlariga hujjatlarning to‘g‘ri ko‘rsatilganini nazorat qilish, ma’lumotlarning aniqligini tekshirish kabilar kiradi. Har bir registrning birinchi beti to‘ldirilganda, uning oxirida jami summasi debet va kredit tomonlari bo‘yicha hisoblanib chiqiladi va oxirida har bir registr bo‘limga qoldiqlar, debet va kredit tomonlari bo‘yicha aniqlanadi. Agar ma’lumotlar sintetik schotlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, analitik schot ko‘rsatkichlari bilan solishtirilib, uning to‘g‘riligi tekshirilib chiqilgandagina hisob registrlariga olinadi. Hisob registrlarini yuritish, nazorat qilish bevosita korxona bosh hisobchisiga yuklanadi. Hisob registrlarini yuritishda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarga alohida ahamiyat beriladi, chunki hisob registrlari uchun birlamchi ma’lumotlar hujjatlardan olinadi. Shuning uchun hujjatlar bilan hisob registrlari bir-birini to‘ldirib boradi va amaldagi qonunlarga asosan olib borilishi uchun korxona bosh hisobchisi javob beradi. Buxgalteriya hisobi registrlariga yozishdan oldin xo‘jalik operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar qayta ishlanadi. Hujjatlarni qayta ishlash davomida ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligini aniqlash ishlari amalga oshiriladi va xo‘jalik operatsiyalariga buxgalteriya provodkalari beriladi. Berilgan provodkalarning to‘g‘riligi hisob registrlaridagi yozuvlarning o‘z vaqtida borishini ta’minlabgina qolmay, hisobotlarning belgilangan muddatlarda tekshirilganligini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobidagi, registrlardagi yozuvlar hujjatlarda qayd qilingan yozuvlarning umumlashtirgan holatini ifoda etadi. Misol uchun, hujjatda kassadan berilgan pul mablag‘larining summasi nomma-nom kimga, qachon, qancha berilganligini ko‘rsatish bilan birga oxirida jami berilgan pul mablag‘larining summasi yoziladi. Download 89.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling