1. Hisoblash tizimlari dasturiy ta’minoti ot rivojlanish bosqichlari
Download 74.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1-document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi davr (1965-1980 yillar).
Ikkinchi davr (1955-1965 yillar). Shu yillarda birinchi alogritmik tillar
yuzaga keldi va natijada birinchi tizimli dasturlar-kompilyatorlar ham yaratildi. Prosessor vaqti qiymati (narhi) oshdi, bu esa dasturlar orasidagi vaqtni qisqartirishni talab qildi. Birinchi paketli ishlov berish tizimlari yuzaga keldi, bu tizimlarda dasturlarni ishga tushirish ketma-ketligini avtomatlashtirildi va shu bilan birga prosessor yuklanish koeffisiyenti oshdi. Paketli ishlov berish tizimlarini zamonaviy OT larining birinchi variantlari deyish mumkin, chunki ular hisoblash tizimini boshqarishga mo’ljallangan birinchi tizimli dasturlar edi. Paketli ishlov berish tizimlarini amalga oshirishda, topshiriqlarni boshqarish formallashgan tili ishlab chiqildi, uning yordamida dasturchi tizimga va operatorga hisoblash mashinasida qaysi ishni bajarmoqchi ekanligi haqida ma’lumot beradi. Bir nechta topshiriqlar majmuasi, qoida bo’yicha perfokartalar “koloda”si ko’rinishida bo’lib topshiriqlar paketi nomini oldi. Uchinchi davr (1965-1980 yillar). Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu yillarga to’g’ri keladi. dasturiy-mutanosib mashinalar g’oyasini umum tan olindi. Dasturiy mutanosiblik OT larni ham mutanosibligini talab qildi. Bunday operasion tizimlar ham katta EHM da ham, kichik hisoblash tizimlarida ham, turli periferik qurilmalarning kam soni va ko’p soni bilan ham, tijorat sohasida ham, ilmiy-tadqiqot sohalarida ham ishlay olishi kerak. Shunday hamma qarama-qarshi talablarni qondiradigan asosda quriladigan operasion tizimlar juda murakkab “monstr”lar bo’lib chiqdi. Bu avlodning eng katta erishgan yutuqlaridan bir multidasturlashni amalga oshirishdir. Multidasturlash – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli bo’lib, bitta prosessorda navbat bilan bir nechta dastur bajariladi. Bitta dastur kiritish-chiqarishni amalga oshirguncha keng dasturlarni oldingi ketma-ket bajarilishdagi kabi (bir dasturli rejim), prosessor to’xtab turmaydi, balki boshqa dasturni bajaradi (ko’p dasturli rejim). Bunda har bir dastur operativ xotiradagi bo’lim deb ataluvchi o’z qismiga yuklaydi. Boshqa yangilik – spuling (spooling) deb ataladi. Spuling u vaqtda hisoblash jarayonini tashkil etish usullaridan biri bo’lib, unga mos ravishda topshiriq perfokartadan diskga hisoblash markazida paydo bo’lish tartibida yoziladi, keyin esa navbatdagi topshiriq tugallanishi bilan, yangi topshiriq diskdan bo’shagan bo’limga yuklanadi. Paketli ishlov berishni multidasturlashli amalga oshirish bilan birga, OTlarning yangi tipi –vaqtni ajratish tizimlari yuzaga keldi. Ajratilgan vaqt tizimlarida qo’llaniladigan multidasturlash varianti, har bir foydalanuvchi uchun hisoblash mashinasidan yagona foydalanish tasavvurini hosil qilishga imkon beradi. Multidasturlashni yuzaga kelishi x.t. tuzilishiga chuqur o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Bunda asosiy rolni apparat tomonidan qullanish katta rol o’ynaydi, uning asosiy xususiyatlari quyida keltirilgan: MD xususiyatlari: – Ximoya mexanizmini amalga oshirish. Dasturlar mustaqil ravishda resurslarni taqsimlash imkoniga ega bo’lishi kerak emas, bu imtiyozli va imtiyozsiz komandalarni kelib chiqardi. Imtiyozli komandalar OT tomonidan bajariladi. – Uzilishlar mavjudligi. Tashqi uzilishlar OT ni asinxron xodisa, m-n kirish- chiqish operasiyasi tugallanganligi haqida ogoxlantiradi. Ichki uzilish, OT aralashuvi zarur bo’lganda yuz beradi, m-n himoyani buzishga xarakat yoki nolga bo’lish. – Arxitekturada parallelizmni rivojlantirish. Xotiraga bevosita murojaat va kirish-chiqish kanalini tashkil etish, markaziy prosessorni qiyin operasiyalarni bajarishdan xalos etadi. Vaqt ajratish tizimlarida foydalanuvchi, dasturni interaktiv rejimda sozlash imkoniga ega bo’ldi, bunda u ma’lumotli diskga perfokarta orqali emas, bevosita klaviaturadan kiritish mumkin bo’ldi. On-line fayllarni yuzaga kelishi rivojlangan fayl tizimlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. Download 74.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling