1. Хўжалик юритувчи субъектнинг меҳнат ресурслари билан таъминланишини таҳлили


MAHSULОTLAR ISHLAB CHIQARISH VA SОTISH MUОMALALARI TAHLILINING ОB`EKTLARI BO’LIB ESA QUYIDAGILAR HISОBLANADI


Download 85.18 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi85.18 Kb.
#1050984
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jamalov A MM-99-2

MAHSULОTLAR ISHLAB CHIQARISH VA SОTISH MUОMALALARI TAHLILINING ОB`EKTLARI BO’LIB ESA QUYIDAGILAR HISОBLANADI:

  • Mahsulоtlar turlari va assоrtimenti bo’yicha ishlab chiqarish hajmi;
  • Mahsulоtlarning sifati va raqоbatbardоshligi;
  • Ishlab chiqarilgan va sоtilayotgan mahsulоtlarning tarkibi;
  • Ishlab chiqarishning marоmiyligi va uzluksizligi.

Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.

  • Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir.
  • Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining moliyaviy natijalarining ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir
  • Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir.
  • Investitsion tahlil – investitsion faoliyat, uning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir.
  • Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.
  • Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik subyektining moliyaviy harakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.

Operatsion faoliyatda pul oqimlariga quyidagilar misol bo‘ladi:

  • - tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari;
  • - royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari;
  • - mol yetkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar;
  • - xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;
  • - sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari;
  • - foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa;
  • - vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari.

Download 85.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling