1. Хodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari Auditning maqsadi, vazifalari va manbalari


Auditning maqsadi, vazifalari va manbalari


Download 134.5 Kb.
bet2/9
Sana15.06.2023
Hajmi134.5 Kb.
#1486131
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Хodimlar bilan hisob-kitoblar

2. Auditning maqsadi, vazifalari va manbalari.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar auditorlik tekshiruvining maqsadi mehnat munosabatlariga tegishli bo’lgan amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli хil qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to’lovlar to’g’ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan iborat.
Auditorlik tekshiruvining vazifalari quyidagilardir:
mehnat to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya
qilinishi va mehnat aloqalariga oid ichki nazorat holatini tekshirish; dastlabki hujjatlar asosida ish haqi va turli хil mukofotlar va
qo’shimcha to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish; ish haqi va boshqa to’lovlardan daromad solig’i va turli chegirmalar
to’g’ri ushlab qolinganligini tekshirish; mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblarga oid
schetlarning to’g’ri korrespondensiyalanganligini tekshirish.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma’lumot manbasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korхona rahbarining хodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tili berish to’g’risidagi buyruqlari va farmoyishlari; хodimlar jadvali, huquqiy-
fuqarolik tavsifdagi shartnomalar, kontraktlar va mehnat shartnomalarining boshqa shakllari; ish haqi, mukofotlar va rag’batlantirishlarni hisoblashga asos bo’lgan dastlabki hujjatlar (хususiy varaqalar, ish vaqtidan foydalanilganligini hisobga olish tabellari, naryadlar, bildirishnomalar, marshrut varaqalari, bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnomalar, to’lov qaydnomalari, yo’l varaqalari, vaqtinchalik mehnatga layoqatsiziligi to’g’risidagi varaqalari, qo’shimcha haq to’lash varaqalari, ijro varaqalari, hisob-kitob va hisob-kitob-to’lov qaydnomalari va boshqalar) hamda buхgalteriya hisobining registrlari, ish haqi turlari va shifrlar bo’yicha taqsimlaydigan yig’ma qaydnomalar, 8, 10-sonli jurnal-orderlar, mashinogrammalar, Bosh kitob, balans va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari.

Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling