1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqida ma`lumot


Download 36.57 Kb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi36.57 Kb.
#1535839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqid

12. Nutq madaniyati masalalari
Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til materiali sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardayoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan. Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o`rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik aslo mumkin bo`lmagan. O`zbek tilshunosligida ham me’yor masalasi nutq madaniyati tarkibida o`rganila boshlandi. Ma’lumki, nutq madaniyati masalalari adabiy tilning leksik, frazeologik, semantik, stilistik, imlo, talaffuz va boshqa me’yorlari bilan uzviy bog`liqdir. O`zbek tilshunoslari 1960-yillardan keyingi davrlarda o`zbek alfaviti, imlosi, puktuatsiyasi, o`zbek adabiy talaffuzi me’yorlariga bag`ishlangan bir qator ishlarni e’lon qilishdi. Bular orasida imlo va talaffuz lug`atlari ham bor. O`zbek adabiy tili me’yori va nutq madaniyatining umumnazariy masalalari S.Ibrohimov, E.Begmatov, R.Qo`ng`urovlarning, leksik me’yor masalalari Sh.Shoabdurahmonov, A.G`ulomov, O,Usmonov maqoalalaroda, uslubiy me’yor G`.Abdurahmonov, I,Qo`chqortoyev, B.O`rinboyev, M.Mukarramov, R.Qo`ng`urov, I.Toshaliyev, B.Umurqulovlarningkuzatishlarida, nutq madaniyatida lug`atlarning o`rni va roli S.Akobirov, T.Aliqulov, E.Fozilovlarning ishlarida, tinish belgilarini ishlatilish me’yorlari X.G`oziyev, K.Nazarovlar ishlarida, alifbo, imlo va talaffuz me’yorlari S.Ibrohimov, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, E.Begmatov, A.Mamatovning maqolalarida tahlil qilindi.

13. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma shakl.
.Hozirgi o’zbek adabiy tilining yozma shakli, avvalo, yozuv sistemasiga hamda shu sistema birliklarini (grafemalarni, orfogrammalarni) ko’rish va o’qishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, ma’lumki, grafika, orfografiya va punktuatsiya kabi komponentlardan tarkib topadi, demak, uning moddiy-material asosini optik-grafik vositalar tashkil qiladi.Adabiy tilning yozma shakli faoliyatida ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub qoliplariga xoslanish xususiyatlari borligi ham ko’zga tashlanadi.Hozirgi o’zbek adabiy tilining yozma shakli, avvalo, yozuv sistemasiga hamda shu sistema birliklarini (grafemalarni, orfogrammalarni) ko’rish va o’qishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, ma’lumki, grafika, orfografiya va punktuatsiya kabi komponentlardan tarkib topadi, demak, uning moddiy-material asosini optik-grafik vositalar tashkil qiladi.Adabiy tilning yozma shakli faoliyatida ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub qoliplariga xoslanish xususiyatlari borligi ham ko’zga tashlanadi.


Download 36.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling