1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqida ma`lumot


Hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari haqida umumiy ma’lumot


Download 36.57 Kb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi36.57 Kb.
#1535839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqid

11. Hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari haqida umumiy ma’lumot.
Til, uning amaliy ko`rinishi bo`lgan nutq tabiiy holatda talaffuz qilinuvchi ovozga (tovushga) asoslanuvchi hodisadir.Ammo adabiy til, adabiy nutq haqida gap borganda tabiiy an’anaviy ovoz va talaffuz bilan bir qatorda muayyan me’yorlarga, qoidalarga solingan talaffuz haqida gapirishga to`g`ri keladi. Adabiy til doirasida amal qiluvchi tabiiy me’yorlar va muayyan me’yorlarga solingan talaffuz qoidalari yig`indisi – adabiy talaffuz yoki, boshqacha aytganda orfoepik me’yorlar deb yuritiladi. Orfoepik (to`g`ri talaffuz) me’yorlar fanda qisqacha orfoepiya deb ham nomlanadi. Orfiepiya atamasi hozirda ikki hodisani, birinchidan muayyan adabiy tilga xos adabiy til me’yorlari va ularga doir qoidalar yig`indisini, ikkinchidan esa, tilshunoslikning adabiy talaffuz me’yorlarini o`rganuvchi sohasini ifodalamoqda. Orfoepiya ma’nosida o`zbek tilida adabiy talaffuz, adabiy talaffuz me’yorlari, adabiy talaffuz qoidalari, to`g`ri talaffuz qoidalari atamalari ham qo`llaniladi.
Talaffuz me’yorlari adabiy tilda so`zlovchilarning barchasi uchun yagona talaffuz qoidalarini belgilaydi. Demak, adabiy nutqning muayyan qoidalarga solingan me’yorlarga egaligi nutq tipining o`ziga xos mohiyatidan dark beradi. Adabiy talaffuz – ushbu tilda gaplashuvchi barcha kishilar uchun umumiy va qonuniy bo`lgan talaffuzdir. Adabiy talaffuzning yuzaga kelishi adabiy til og`zaki shaklining yuzaga kelishi bilan bog`liqdir.
Talaffuz me’yorlari madaniyati bilan zich bog`lanadi. Nutq madaniyatining rivoji adabiy tilning har ikki shakli (yozma va og`zaki) bir xilda takomillashib borishini talab etadi.
Orfoepiya – to`g`ri talaffuz nutq madaniyatining bir tomoni bo`lib, adabiy talaffuzni bir sistemaga solishga yordam beradi. Adabiy tilda to`g`ri yozish qanchalik ahamiyatli bo`lsa, to`g`ri talaffuz qilish ham shunchalik ahamiyatlidir. Yozuvdagi orfografik xatolar kabi noto`gri talaffuz ham kishilar diqqatini juda tez jalb etib, noqulaylik tug`diradi. Noqulaylikni bartaraf etish orfografiya va orfoepiya qoidalarini puxta o`rganishni talab etadi.
“Nutqni to`g`ri tuzish uchun grammatikani o`rgan, lekin tabiiy, oddiy gapir”, - deydi M.I.Kalinin. To`g`ri talaffuz qoidalari to`g`ri yozuv qoidalari bilan zich bog`langan. Ammo jonli taoaffuz hamma vaqt yozuvga teng kelavermaydi. Bu holat nutqning fonetik tomonlari – tovushlarning o`zaro ta’siri, tovushning so`zdagi o`rni va urg`u masalalari bilan aloqadordir. Masalan, ozod, obod so`zlarining ozot, obot tarzida talaffuz etilishi orfoepik norma sanaladi; vokzal, ekzamen so`zlarini xuddi yozilganicha talaffuz etish orfoepik normani buzish bo`lgan bo`lur edi. Jonli tilda vokzal va ekzamen so`zlaridagi k jarangsiz undoshi unli va jarangli z tovushlari orasida jaranglashadi; ikkala so`zdagi urg`usiz o unlisi a kabi, ye unlisi esa i tor unlisi kabi talaffuz etiladi va shu holat orfoepik norma sifatida qabul qilingan. Demak, orfografiya va orfoepiya o`zaro bog`liq; ammo ularning o`zlariga xos qonun – qoidalari mavjuddir. Talaffuzni me’yorlashtirish radio eshittirish, teatr, ayniqsa o`qish – o`qitish ishlarini va umuman madaniyatni taraqqiy ettirish uchun juda zarur. Ayni zamonda radio, televizor, teatr, o`qish – o`qitish ishlari yordamida adabiy talaffuz me’yorlari keng xalq ommasiga singdirib boriladi. Aslida orfoepik me’yorlar xalq jonli tili faktlari asosida, tovushlar sistemasi, ularning turli fonetik o`zgarishlari asosi yaratildi. Bunda mavjud talaffuz variantlaridan adabiy til an’analariga, taraqqiyot tendentsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.



Download 36.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling