1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqida ma`lumot
Til me`yorlarining tadrijiy ozgarish jarayonlari
Download 36.57 Kb.
|
1 Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqid
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Adabiy til va uning shakllari. Hozirgi o’zbek adabiy tili
9. Til me`yorlarining tadrijiy ozgarish jarayonlari.
Tildagi o`zgaruvchanlik yuqorida ta`kidlanganiday ijtimoiy-siyosiy leksikada davr o`zgarishi bilan tezda namoyon bo`ladi. Avvallari o`zbek tili asosan rus tili bilan muloqotda bo`lgan va ruscha nutqiy qurchov ta`sirida bo`lgan bo`lsa, bundan tashqari o`zbekcha-ruscha ikki tillik hukm surgn bo`lsa hozirda tilimiz mustaqil ravshda o`z ichki imkoniyatlari ostida rivojlanib bormoqda. Ko`plab ruscha internatsional so`zlar o`zbekcha muqobili bilan almashtirildi. Masalan, rayon-tuman, oblast-viloyat, spravka-ma`lumotnoma, astanovka-bekat va hakozo. Bunday me`yoriy o`zgarishlar tilning milliylashuv darajsi bilan bog`liq bo`ladi. Bujarayonda albatta. So`zlarning teng muqobilini topish talab qilinadi. Shunday holatlar bo`lganki, bu o`zgartirish ijobiy natija bermadi. Masalan, samalyot so`zini o`rniga mustaqillikdan keyin tayyora so`zi qo`llana boshlandi, ammo bu holat samara bergani yo`q natijada oldingi holatga qaytildi. So`zni almashtirish uchun uni, avvalo, xalq qabul qilishini inobatga olish kerak bo`ladi. Demak bu turg`un holatga aylangan edi. Hozirda tilshunoslik sohasi rivojlanayotgan bir davrda o`zbek-ingliz ikkitilligi, o`zbek-nemis ikkitilligi, o`zbek-fransuz ikkitilliligi taraqqiy etmoqda. E`tirof etilgan tillardan ko`plab yangi so`zlar kirib kelmoqda. Bu so`zlar til imkoniyatlarini yana ham oshirib, shu bilan birgalikda tilimizni rivojlangan tillar darajsaiga yetishiga zamin hozirlayapti. Me`yor buzulishini oldini olish ushun ko`plab amaliy ishlar qilish kerakligini davr isbotlab berdi. Ommaviy ta`sirlar natijasida milliy manaviyatimizga ozmi ko`p putur yetdi. Bu narsalar birinchi o`z aksini tilda ko`rsatadi. Bunday salbiy ta`sirlarni oldini olish uchun tilga har xil yot so`zlarni kirib me`yorga aylanishini oldini olish kerak bo`ladi. 10. Adabiy til va uning shakllari. Hozirgi o’zbek adabiy tili o’zbek milliy tilining oliy shakli-ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo’lgan barqaror shaklidir. Demak, u milliy tilga zid qo’yilmaydi, undan boshqa tizim ham emas, balki shu milliy tilning yuqoriroq bosqichi, tartibga solingan bosh ko’rinishi, xolos. Hozirgi o’zbek adabiy tilining og’zaki va yozma shakllari bor, shu ikki shakl vositasida u xalqqa xizmat qiladi. 1. Adabiy tilning og’zaki shakli to’g’ri talaffuz me’yorlariga, eshitish orqali idrok qilishga tayanadi. Bu shaklning moddiy-material asosini fizik-akustik birliklar (nutq tovushlari, urg’u, ohang, melodika, pauza, tembr, ritm, temp) tashkil etadi; uning tarixiy ildizlari xalq og’zaki ijodi namunalarida - dostonlar, qo’shiqlar, maqollar, hikmatli so’zlar, topishmoqlar, ertaklar negizida rivojlanib, og’izdan-og’izga o’tib kelgan, shu jarayonda uning hozirgi milliy adabiy tilga xos yagona talaffuz me’yorlari shakllangan. Hozirgi o’zbek adabiy tilining og’zaki shakli ko’proq adabiy so’zlashuv uslubida namoyon bo’ladi, uning faoliyatida imo-ishora, nutq vaziyati kabi noverbal vositalar ham muhim rol o’ynaydi. 2.Hozirgi o’zbek adabiy tilining yozma shakli, avvalo, yozuv sistemasiga hamda shu sistema birliklarini (grafemalarni, orfogrammalarni) ko’rish va o’qishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, ma’lumki, grafika, orfografiya va punktuatsiya kabi komponentlardan tarkib topadi, demak, uning moddiy-material asosini optik-grafik vositalar tashkil qiladi.Adabiy tilning yozma shakli faoliyatida ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub qoliplariga xoslanish xususiyatlari borligi ham ko’zga tashlanadi. Download 36.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling