1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqida ma`lumot


O‘zbek tili so‘z yasalishidagi pleonazmni


Download 36.57 Kb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi36.57 Kb.
#1535839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqid

5. O‘zbek tili so‘z yasalishidagi pleonazmni
O`zbеk tili so`z yasаlishidаgi plеоnаzmni o`z хаrаktеrigа ko`rа ikkigа bo`lish mumkin: 1. Qаytаriq tаrzidаgi so`z yasаsh: оmbоrхоnа, yotоqхоnа, do`kоnхоnа, kulоlchi emоstiоnаl-stilistik оttеnkаsi bilаn fаrq qiluvchi plеоnаstik so`z yasоvchi аffikslаr: kulоllik-kulоlchilik, qоrоvullik—qоrоvulchilik, qаssоblik- qаssоbchilik. Bu хil misоllаrdа shахs mа’nоsi аsligа ko`rа ikki mаrtа tаkrоrlаnib, tа’kidlаsh bo`rttirilgаn. Аnа shu emоstiоnаl-uslubiy fаrqlаnish ulаr hаr ikkаlаsining hаm аdаbiy mеzоn dоirаsidа qоlishgа imkоn yarаtgаn. Аmmо tаbibgаrchilik kаbi qo`llаshnishlаrdа, tаbib so`zidа mа’lum sоhа bilаn shug`ullаnuvchi shахs mа’nоsi bоr, ungа tоjik tilidаgi shахs оti yasоvchi -gаr аffiksi vа shu аffiksning o`zbеk tilidаgi sinоnimi -chi mоrfеmаsining qo`shilishi uchinchi mаrtа shахs mа’nоsini tаkrоrlаydi. Shuning uchun hаm tаbiblik, tаbibchilik kаbilаr mе’yor hisоblаnsа, tаbibgаrchilik vаriаnti аdаbiy mе’yorgа kirmаydi

6. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining uslubiy me’yori.
Uslubiy me’yor so’z qollashning aniqligiga katta e’tibor qaratadi. So’z tilning muhim birligi sifatida tilshunoslikning barcha bo’limlarida o’rganiladi. So’zning uslubiy xususiyati uslubiy bo’yog’i va ularning qo’llanishi leksik uslubiyatda o’rganiladi va u uslubiy me’yorni ifoda qiladi. So’zning predmetlik ma’nosi uning baho ma’nosi bilan bilvosita bog’langan bo’ladi. So’zdagi konnotativ ma’no va uning vazifaviy nutq uslublariga munosabatiga ko’ra o’zbek tili leksikasi asosan ikkiga: konnotativ ma’noga ega bo’lmagan, barcha nutq uslublarida teng ishlatiladigan, hamma uchun umumiy bo’lgan neytral so’zlar hamda konnotativ ma’noli uslubiy chegaralangan so’zlarga bo’linadi. Uslubiy neytral so’zlar kundalik turmush voqea hodisalar, tabiat va jamiyatdagi belgi, harakatlarning atamasi bo’lgan to’g’ri ma’noli so’zlardir: Oy, non, paxta, shamol, qizil, besh, yuz. Bunday so’zlar ko’chma ma’noda ishlatilsa, uslubiy bo’yoqqa ega bo’ladi.
So’zlovchi yoki yozuvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadi va vazifasi, voqelik va nutq sharoitiga qarab til vositalarini tanlab ishlatadi. Jumladan, ma’lum bir soha mutaxassisi bo’lgan olim o’z ilmiy nutqida shu sohaga xos trrminlarni tanlab qo’llasa, shoir yoki yozuvchi badiiy estetik ma’noli so’zlarni topib ishlatishga harakat qiladi, yani bir voqelik mazmuni turlicha shakllarda ifoda qilinadi. Chog’ishtiring: Quyosh sharqdan chiqib, G’arbga botadi (ilmiy uslub) – Quyosh Sharq yoqasidan zar kokilini tarab, G’arb ufqiga bosh qo’yadi. (badiiy uslub) Uslublar tilning asosiy funfsiyalariga (fikr bildirish, ekspressivlik kabilarga mos ravishda) qarab bir qancha turlarga bo’linadi. Shunga ko’ra, ular vazifaviy uslublar deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, nutq uslubi ifoda vositalarining maqsadga muvofiq uyushgan sistemasidir.
So‘zni matnning xususiyati, nutqning maqsadiga muvofiq ishlatish, ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan so‘z shakllarini qo‘llash, so‘z va qo‘shimchalar hamda gap tuzilishidan nutq uslubining turiga muvofiq foydalanish adabiy tilning uslubiy me’yorlariga tayanadi. Uslubiy me’yorlarga amal qilishda quyidagilarni unutmaslik lozim:
– so‘zning asl va ko‘chma ma’nolarini farqlash;
– so‘zning ma’nodoshlik, shakldoshlik, uyadoshlik, darajalanish
imkoniyatlarini bilish va bulardan o‘rinli foydalanish;
– so‘z va iboralarni aniq, tushunarli tarzda qo‘llash;
– nutq uslublarining o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutish;
til vositalarining badiiy, ta’sirchan imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish;
– so‘zlarning uslubiy farqlanishini hisobga olish.

Download 36.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling