hujjatlar yig’majildlarining ro’yxatini tuzish;
Doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan hujjatlar yig’majildlariga, shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar yig’majildlariga va bir turdagi (mavzular bo’yicha hisobotlar va h-k) hujjatlar yig’majildlariga alohida-alohida ro’yxatlar tuziladi
hujjatlarni yo’q qilishga ajratish to’g’risida dalolatnomalar tuzish
Hujjatlarni davlat saqloviga topshiruvchi tashkilotlar uchun dalolatnomalar, doimiy saqlanadigan hujjatlar yig’ma- jildlari ro’yxati arxiv muassasalarining ETK tomonidan tasdiqlangandan so’ng, tashkilot raxbari tomonidan tasdiqla nadi. Dalolatnomalar tasdiqlangandan keyin, yo’q qilishga ajratilgan hujjatlar va hujjatlar yig’majildlari hujjatlashtirishni ta’minlash xizmati yoki tashkilotning idoraviy arxivi xodimlari tomonidan ikkilamchi xom ashyo tayyorlovchi idoraga topshiriladi.
Arxiv qoidalari:
Hujjatlar yig’majildlari arxivdan tashkilotlar xodimlari so’rovlari bo’yicha tilxat bilan beriladi. Arxivdan olingan hujjatlarga biror-bir belgi qo’yish va yozuvlar tagiga chizish ta’qiqlanadi.
Doimiy saqlanadigan hujjatlar yig’majildlaridan hujjatlarni olib qo’yishga va berishga ruxsat etilmaydi. Istisno hollarda prokuratura va sud organlarining so’rovlari bo’yicha, tashkilot rahbarining ruxsati bilan olish olib qo’yilgan hujjatning aniq tasdiqlangan nusxasini hujjatlar yig’majildida majburiy qoldirish va hujjat aslining olinish sabablari to’g’risidagi dalolatnomani solib qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Arxiv mudiri hujjatlar va hujjatlar yigmajildlarining o’z vaqtida qaytarilishini nazorat qilib boradi.

Do'stlaringiz bilan baham: |