1. Hujjatning to‘liq nomi (masalan: to‘lov talabnomasi, to‘lov topshirig‘i)
Ichki bank nazorati va uning turlari
Download 158.86 Kb.
|
Hujjatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki bank nazorati 3 xil yo‘l bilan amalga oshiriladi
3.3. Ichki bank nazorati va uning turlari
Bankda o‘tkaziladigan har bir operatsiya albatta bank tomonidan tekshirib borilishi kerak, ya’ni bank operatsiyalari bajarilayotganda ular qonuniy rasmiylashtirilishi hamda mablag‘lar va boyliklar but saqlanishi tegishlicha nazorat qilinishi ta’minlanmog‘i lozim. Bu ichki bank nazoratidir.
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish Dastlabki nazorat agar bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofisga bo‘lingan bo‘lsa, Front-ofis xodimlari, buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bo‘lgan hollarda mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xorijiy valutada xalqaro shartnoma-lar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy-huquqiy hujjat-larida belgilangan shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiylashtiril-ganligi, barcha rekvizitlar to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmagan-ligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi. Agar mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to‘lov hujjatlari mijoz-ga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o‘zgartirilgan to‘lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo‘lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi. To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tusha-digan reyestri bor bo‘lgan holatda inkassoga qabul qilinadi. Agarda bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning ta-lab qilib olguncha depozit hisobvarag‘ida to‘lov uchun yetarli mablag‘-lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha taqdim qilingan to‘lov topshiriq-nomalari mijozning hisobvarag‘ida to‘lov uchun yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi. To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalanila-digan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish kunida “kechki” muhri bilan hamda budjet va budjetdan tashqari jam-g‘armalarga to‘lovlar uchun qabul qilingan to‘lov topshiriqnomalari bundan mustasno). Mas’ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi to‘lov hujjati nus-xalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o‘zaro bir xilligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shundan so‘ng, ijro etish sanasi ko‘rsatilgan holda mas’ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank shtampi qo‘yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu nusxa hujjatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini bajaradi. Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to‘ldirilgan kundan boshlab, (to‘ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Mas’ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, chekni topshirgan xo‘jalik subyektining nomi va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag‘ning raqam va so‘z bilan yozilgan summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o‘zidagi imzo namunalari bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi. Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga kiritadi va to‘lov hujjatlarini imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi. Download 158.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling