1. Hujjatning to‘liq nomi (masalan: to‘lov talabnomasi, to‘lov topshirig‘i)


Bank operatsiyalarini yakuniy nazoratdan o‘tkazish


Download 158.86 Kb.
bet5/7
Sana23.01.2023
Hajmi158.86 Kb.
#1113976
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hujjatlar

Bank operatsiyalarini yakuniy nazoratdan o‘tkazish

Banklarda amaliyot kuni yakunlangandan so‘ng kunlik operatsiya hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib yakuniy nazorat-dan o‘tkazish uchun yakuniy nazorat xizmati xodimlariga topshiriladi va ularga elektron ma’lumotlar bazasiga kirish uchun ruxsat beriladi.

Yakuniy nazorat xizmati tomonidan keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda elektron ma’lumotlar bazasiga kirib, bankda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar Bosh va yordamchi kitoblardagi amal qilib turgan shaxsiy hisobvaraqlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bilan solishtirib tekshirishdan o‘tkazi-lishi shart. Tekshirish natijalari dasturiy bayonnoma bilan rasmiylashtiri-lishi va kunlik yig‘majildga tikilishi shart.

Kunlik chop etilib, yig‘majildga tikilgan balans ma’lumotlari bilan uning elektron balans ma’lumotlari bir-biriga mos kelmasa, zudlik bilan rahbariyatga ma’lumot beriladi va shu kunning o‘zida uning sabablari to‘g‘risida Bek-ofis boshlig‘i yoki bosh buxgalter va Xavfsizlik va axbo-rotni muhofaza qilish xizmati xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi.

Bundan tashqari, yakuniy nazorat xodim bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to‘g‘ri va maqsadga muvofiq bajarilganligi bo‘yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.

3.4. Bank operatsiyalarini amalga oshirishda javobgarlik

Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirgan hamda imzolagan shaxslar, ularning o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, belgilangan muddatlarda ijro uchun topshirilishi, shuningdek, operatsiyalarni buxgalteriya hisobi-da to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha javobgardirlar. 

Bank va uning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bank va mijoz o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasi asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bank va mijoz o‘rtasida kredit, valuta, lizing, faktoring, qimmatli qo-g‘ozlar bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning har biri bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida bajariladi. 

Mijoz bankda ochgan hisobvaraqdagi mavjud pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etadi. Mijozning topshirig‘iga binoan bank hisobvarag‘i bo‘yicha bajarilgan barcha operatsiyalarning qonuniyligiga mijozning o‘zi javobgar hisoblanadi. 

Mablag‘ oluvchilarning roziligi mavjud bo‘lganidan qat’iy nazar, mablag‘lar oluvchilarning talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘ini chetlab o‘tgan holda mijozning topshirig‘i bo‘yicha uchinchi shaxslar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.




Download 158.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling