Huquq ijodkorligining oshkoraligi.Normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi.Fuqarolar huquq normalari tomonidan o’zlariga qo’yilayotgan talablardan xabardor bo’lish va ular haqida bilim olish imkonoyatlariga ega bo’lishlari kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlarni oshkor qilishning asosiy vositasi ularni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishdir.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko’ra: “Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo’llanishining majburiy shartidir.”Bu prinsip 1989-yil15-yanvardagi Vena uchrashuvi Yakuniy hujjatida ham belgilangan bo’lib,quyidagicha ifodalangan: “YEXHK qatnashchisi bo’lgan davlatlar “shaxslarning o’z huquq va burchlarini bilishga hamda ularga muvofiq harakat qilishga bo’lgan huquqini samarali ta’minlash maqsadida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga oid qonunlar,ma’muriy qoida hamda tartibotlarni nashr etib barchaga yetkazish majburiyatini oladilar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |