1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari


Download 45.47 Kb.
bet17/24
Sana02.01.2022
Hajmi45.47 Kb.
#190224
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Huquq ijodkorligi t

3)Qonuni qabul qilish-bosqichi muhim siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan voqeadir.Bu bosqichning ahamiyati va mas’uliyati shundaki,bunda qonun loyihasiga rasmiy yuridik kuch baxsh etiladi,u qonunga aylanadi.

O’zbekiston Respublikasining qonunlari ikki yo’l bilan qabul qilinadi:



birinchi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tompnidan qabul qilinishi va Senat tomonidan ma’qullanishi;

ikkinchi,qonunni umumxalq ovoz berishi(referendumi) yo’li bilan qabul qilish.

Qonun loyihasiga ovoz berish 3 xil shaklda amalga oshiriladi:



  1. moddama-modda;

  2. bo’lim yoki bob bo’yicha alohida-alohida;

  3. loyiha to’laligacha ovozga qo’yiladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senatiga yuboriladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga 10 kun ichida yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun 30 kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati tomonidan rad etilgan qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga qaytariladi.




Download 45.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling