5)Qonunni imzolash va e’lon qilish-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar mazmuniga ko’ra,qonun ijodkorligining yakuniy bosqichi o’ziga xos protsessual qoidalar bilan asosiy qonunning 84-moddasida bayon qilingan,unga ko’ra,qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib,Senat tomonidan ma’qullanib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilanga tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach yuridik kuchga ega bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qonuni o’z e’tirozlari bilan Qonuinchilik palatasiga qaytarishga haqlidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun 1 oy muddat ichida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko’rib chiqilishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan mas’ul qo’mitaga topshiriladi.Kengash mas’ul qo’mitaning xulosasini olgach, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi masalani navbatdan tashqari tartibda Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasining majlisida qayta ko’rib chiqish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti takliflari va mulohazalarini usbu takliflar va mulohazalar bo’yicha mas’ul qo’mitaning xulosasini bayon qilishdan boshlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qaytan ko’rib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan bittasi qabul qilinadi:
Qonunni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti takliflari va mulohazalarini inobatga olgan holda qabul qilis;
Qonunni bundan buyon ko’rib chiqmaslik;
Qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash.
Do'stlaringiz bilan baham: |